Timsoh chodirda uxlab yotgan sayyoh oyog‘ini tishladi

Image copyright AP

Avstraliya shimolida oilasi bilan dam olishga chiqqan va sohil bo‘yida qurilgan chodirida uxlab yotgan 19 yoshli sayyohning chodiriga timsoh kirib kelgan va oyog‘ini tishlagan.

Mahalliy va xalqaro matbuot sayyohning nomini Piter Rozvell deb atamoqda.

Piter yaqinlari bilan Palm Krik daryosi qirg‘og‘ida hordiq chiqarishga borgan bo‘lgan.

Piter Rozvellning hikoya qilishicha, u oyog‘idan kimdir tortayotgani sababli uyqudan uyg‘onib ketgan.

Ko‘zini ochib "uch yoki to‘rt metr uzunlikdagi" timsohni ko‘rganini aytgan.

U timsohni quvib yuborgani, yirtqich qaytib daryoga tushib ketgan.

Piter timsohni qanday qilib quvishga muvaffaq bo‘lgani tafsiloti aytilayotgani yo‘q.

Hodisadan so‘ng opasi Piterni shifoxonaga olib borgan.

Olgan jarohati hayoti uchun xavfli bo‘lmagan.

Timsoh hujumi yuz bergan sohil Ketrin shaharchasiga yaqin joyda joylashgan.

Ketrin shahri hokimasining jurnalistlarga aytishicha, oxirgi vaqtlarda odamlar hordiq chiqaradigan joylarda timsohlarning soni ko‘payib ketayapti.

Hokima timsohlarni qirishni taklif qilgan.

"Biz timsohlar bilan yonma-yon yashashga majburmiz. Chunki bu muhit ular istiqomat qiladigan muhit. Ammo bu biz o‘zimizni xatarga qo‘yishimiz kerakligini anglatmaydi", deb aytgan u.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq