Rossiyada Qrim tatarlari milliy majlisi taqiqlandi

Image caption Kreml Qrimga qo‘ymayotgan Qrim tatarlarining rahbarlari

Qrim Oliy mahkamasi Qrim Tatarlari majlisini ekstremistik tashkilot deb tan olgan va butun Rossiya bo‘ylab faoliyatini taqiqlagan.

Rossiya Adliya vazirligining 18 aprelda chiqargan qaroriga ko‘ra, Qrim Tatarlari Majlisi faoliyati rasmiy tarzda to‘xtatilgan edi.

Milliy majlis "ekstremistik faoliyat olib borgan jamoatchilik va diniy tashkilotlar ro‘yxati"ga kiritilgandi.

Qaror vazirlik saytida e‘lon qilingan va unda Qrim Respublikasi prokurori Natalya Poklonskaya "Qrim tatar xalqi majlisi"ni ekstremistik tashkilotlar ro‘yxatiga kiritganidan so‘ng, tashkilot faoliyatini to‘xtatish qarori berilgandi.

Poklonskaya bugun mahkamada ayni tashkilotning mustaqilligini rad etgan, tashkilot rahbarlari va a‘zolarini "G‘arbning yirik qo‘g‘irchoqbozlari qo‘lidagi qo‘g‘irchoqlar" deb atagan.

Majlis raisi o‘rinbosari Narimov Jalolov ayni paytda Qrim Tatarlari majlisi xalqaro tashkilot ekani, uni Rossiya taqiqlashga huquqi yo‘qligini aytgan.

Shuningdek, unga ko‘ra, Rossiyada Qrim Tatarlari majlisining ro‘yxatga olish imkoni yo‘q, chunki biror bir qonun ayni tashkilotning tabiatiga mos tushmaydi.

Majlis himoyachisi Jamil Temishev bu qarorni noqonuniy deb atagan va Rossiya Oliy mahkamasiga arz qilishlarini bildirgan.

Qrim Tatarlari majlisining raisi Refat Chubarov, Milliy harakatning rahbari Mustafo Jamilovga Rossiyaga kirish rasman taqiqlab qo‘yilgan.

Ikki rahbar Kiyevda istiqomat qilmoqda.

Narimon Jalolovga ko‘ra, Qrim Tatarlari majlisining taqiqlanishi fojea emas, ammo Rossiyaning obro‘siga salbiy ta‘sir qiladigan holdir.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq