Bosh vazir: Turkiya dunyoviy qadriyatlariga sodiq qoladi

Image copyright AFP
Image caption Turkiyaning demokratik va dunyoviy qadriyatlari bahs etilmaydi

Turkiya Bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘liga ko‘ra, mamlakatning yangi konstitutsiyasi dunyoviylik qadriyatlarini o‘zida aks etadi.

Uning aytishicha, Turkiyaning demokratik va dunyoviy qadriyatlari bahs etilmaydi.

Bosh vazirning bu chiqishidan avvalroq qudratdagi Adolat va Tiklanish partiyasi a‘zosi yangi konstitutsiyadan "dunyoviy" degan nisbatni olib tashlashga chaqirgan edi.

Yangi konstitutsiya loyihasi uchun mas‘ullardan biri, parlament voizi Ismoil Qahramon Turkiyaning musulmon davlat ekani va konstitutsiya ham diniy bo‘lishini aytgandi.

Turkiya NATO a‘zosi va Ovro‘po Ittifoqiga qo‘shilishga umid qilayotgan makmlakatdir.

Aksariyat Turkiyaning dunyoviy tuzumini Islom dunyosiga o‘rnak sifatida talqin qiladi.

Ammo hukumatning tanqidchilariga ko‘ra, Turkiyaning dunyoviy asoslariga hozirgi hukumat darz yetkazmoqda.

Muxolifat partiyalari yangi konstitutsiya prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘onga yana ham ko‘proq qudrat berishidan xavotirda.

O‘tgan ikki yil davomida hukumat xotin-qizlarning maktablar, oliy o‘quv yurtlari va davlat idoralarida ro‘mol bilan kelishiga taqiqni bekor qildi.

Alkogolli ichimliklar savdosiga ma‘lum cheklovlar kiritdi.

Davlat o‘quv yurtlarining yigitu qizlar bir yashaydigan yotoqxonalarini kamaytirdi.

Turkiya hukumati shuningdek, yangi Bosh qonunda inson huquqlarining Ovro‘po me‘yorlari akslanganini urg‘ulaydi.

Adolat va Tiklanish partiyasi parlamentdagi 550 o‘rindan 317 tasiga egalik qiladi.

Yangi konstitutsiya loyihasi bo‘yicha referendum o‘tkazish rejasini amalga oshirish uchun hukumatga 330 ovoz kerak bo‘ladi.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq