Qozog‘iston: yer xorijliklarga sotilmasin!

Omma noroziligi unchalik qarshilanmaydigan Qozog‘istonda so‘nggi bir necha kun mobaynida yerga egalik sohasida o‘tkazilayotgan islohotlarga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda.

Oxirgi kunlarda Yer Kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga qarshi noroziliklar mamlakat bo‘ylab yoyildi.

Dastlab Qozog‘iston g‘arbidagi Atirau shahrida odamlar ko‘chalarga chiqishdi. Shundan so‘ng noroziliklar shimoldagi Aqtobe va sharqdagi Semey shaharlarida ham boshlandi.

Ba‘zi kuzatuvchilar har bir shahardagi namoyishchilar sonini 1000 kishidan 2 ming kishigacha, deya taxmin qildilar. Namoyishlar noodatiy ko‘rinish bo‘lgan Qozog‘iston uchun bu anchayin jiddiy miqyosdir.

Odamlar nimadan norozi?

Odamlarning norziligiga asosiy sabab Yer Kodeksiga kiritilgan, xorijliklarga mamlakatdagi hosildor yerlarni 25 yilga ijaraga berish ruxsatidir.

Ushbu qonun o‘tgan yili noyabr oyida qabul qilindi va shu yil iyul oyining boshidan kuchga kiradi. Qonunga muvofiq, yerlar sotilishi yoki kim oshdi savdosida litsenziya huquqini sotib olish imkonini beradi.

Odamlarning asosiy xavotiri Xitoy kabi qo‘shni mamlakatlardan sarmoyachilar kelib, yerlarni sotib olishlaridir.

Bu xavotir ehtirosli masaladir. Aqto‘bedagi namoyishchilardan bri 27 aprel kuni "Erlarimizni Xitoyliklarga bera olmaymiz. Ular bu yerga kelishsa, hech qachon ketmaydilar", deya nutq qildi.

17 million aholiga ega bo‘lgan Qozog‘istonda ko‘plar yirik qo‘shni mamlakat Xitoy ularni "yutib yuborishi" mumkinligidan qo‘rqadilar.

Aqto‘bedagi namoyishchilardan birining aytishicha, "25 yilga kelgandan keyin 65 yilga qoladilar. 65 yildan keyin ularning avlodlari Qozog‘iston fuqaroligini oladilar va bizning avlodlarimiz ularga qul bo‘ladilar".

Xitoy Qozog‘iston bilan uzun chegaraga ega va oxirgi yillarda mamlakat energiya va infratizilmalari sohasiga ko‘plba sarmoya kiritib kelmoqda.

Bir tarafdan qaraganda Qozog‘istonda kiritilayotgan islohotlar anchayin progressiv.

Mamlakatdagi joriy yerdan foydalanish borasidagi qonun-qoidalar samarali emasligi ayon bo‘lgan. Hozirda yerni kimoshdi savdosi orqali sotish yoki ijaraga berish usuli aslida yer oldi-berdisiga oshkoralik olib kelishi mumkin. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasiga o‘ta katta ehtiyoj bo‘lgan sarmoyalarni olib kelib, tashabbuskorlikni rag‘batlantirishi mumkin.

Hukumatning aytishicha, yangi qonun xorijliklarga yerni sotib olish emas, ijaraga olish imkonini beradi.

"Bu mish-mishlarning hammasi asossiz. Bularni tarqatayotganlar topilib, jazoga tortilishi krak", - dedi shu hafta boshida Prezident Nursulton Nazarboyev.

Shu vaqtgacha mavjud bo‘lgan qonunga muvofiq xorijliklar yerni 10 yilga qadar ijaraga olish imkoniga ega edilar. Hozirda bu muddat 25 yilga uzaytirilmoqda.

Hukumatga ishonch yo‘q

Qozog‘iston hukumatiga ko‘plar ishonmaydilar.

Aksariyat kiritilayotgan qonunlarning yashirin tomoni bor, deb o‘ylaydilar. Korruptsiya keng tarqalgani tufayli yangi qonundan faqatgina puldor va qudratdagilar manfaat ko‘rib, qolganlar yersiz qoladilar degan shubhalar bor.

"Qozog‘istonda ishlar qanday qilinishini bilasizku. Hamma yerda korruptsiya" deydi ismini oshkor etishni istamagan bir namoyishchi.

Qozog‘istonda oxirgi marotaba yirik namoyishlar 2011 yili Janozen shahrida neft sohasi ishchilari norozilik bildirganlari edi. O‘shanda politsiya ularga qarata o‘q ochib, 14 kishi halok bo‘lgan.

Lekin joriy namoyishlar bir shaharda emas, bir necha shaharda bo‘lib o‘tmoqda.

Bu o‘z o‘rnida aholi orasida norozilik hislarining kengayayotganidan dalolat beradi.

Iqtisodiy inqiroz tufayli yashash darajasi tushib bormoqda.

Qozog‘iston neft eksportiga deyarli qaram va jahon bozorlarida neft narxlarining tushib ketgani sababli mamlakat byudjetida kamomad ro‘y bergan.

Hukumat xarajatlarni yarmiga qisqartirishga majbur bo‘ldi. Milliy valyuta o‘z qiymatining yarmini yo‘qotdi. Hozirda neft narxi asta sekin ko‘tarilmoqda, tanga ham qiymatini ohista tiklamoqda.

Politsiya namoyishchilardan bir necha kishini hibsga olgan.

Aqto‘bedagi namoyishlarni videotasvirga olgan bir inson huquqi himoyachisini ham politsiyaga olib borib, so‘roq qilishgan. Keyinchalik u ozod etilgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq