Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Britaniya yoshlari nega Marksizmga yuzlanmoqda?

Britaniya yoshlari orasida kapitalizm o‘limiga chaqirgan Karl Marks g‘oyalariga qiziqish ortgan. 2015 yil sentyabrida hukumatdagi konservatorlarga muxolif eng katta partiya - Leyboristlar (Ishchilar) partiyasiga rahbar etib Marksizm tarafdori Jeremi Korbin saylandi. Leyboristlar partiyasiga yangi a‘zolar qo‘shilganidan ma‘lum bo‘ldiki, uni ayniqsa yosh tabaqa vakillari qo‘llab-quvvatladi.

Britaniyada "Marksizm" aksar hollarda jirkanch mafkura sifatida qoralanadi, chunki u Sovet Ittifoqida qulagan tizim, Stalin qatag‘onlari va Sovuq urush davri bilan hamohangdir.

19-asrda yashagan olmon faylasufi va iqtisodchisi Karl Marks faqat kichik guruh boylarning manfaatiga xizmat qiladigan kapitalizm bir kun qulashi muqarrar ekaniga ishongan. Unga ko‘ra, kapitalizm moddiy boylik va tengsizlikni hamda muayyan guruhning ishchilar mehnatidan o‘z manfaatida foydalanishini rag‘batlantiradi.

Bugunda bozor iqtisodiga eng ko‘p erkinlik berilishini targ‘ib qiluvchi hukumatdagi Konservatorlar partiyasi davlat shirkatlari va xizmatlarini xususiyshlashtirish siyosatini davom ettirmoqda. Hozirda bepul sanaluvchi sog‘liqni saqlash xizmatlarini ham qisman xususiyshlashtirish va pulli sug‘urtaga aylantirish harakatlari yosh shifokorlar ish tashlashlariga sabab bo‘lmoqda.

Ibrat Safo yosh marksist, "Socialist appeal" (Sotsialist chaqiriq) gazetasi jurnalisti va aksil-hukumat namoyishlar faoli Ben Gliniyetskini suhbatga tortdi va bugunda hukumatga qarshi kuchayib borayotgan hissiyotlar haqida batafsil so‘radi.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring