Xadicha Ismoilova mukofotlandi

Image copyright Azadliq Radiosu RFE RL

Ozarbayjonlik taniqli jurnalist Xadicha Ismoilova UNESCOning matbuot erkinligi uchun Gilermo Kano nomidagi butunjahon mukofoti bilan taqdirlangan.

Jurnalistlarni mukofotlash marosimi Butunjahon matbuot erkinligi kuni munosabati bilan Xelsinkida bo‘lib o‘tgan.

Gilermo Kano mukofoti dunyoning turli chekkalarida matbuot erkinligi va himoyasi uchun hissa qo‘shgan jurnalistlarga va tashkilotlarga beriladi. Mukofot 1986 yil Bogotoda o‘zi ishlagan ro‘znoma redaktsiyasi oldida kasbiy faoliyati uchun o‘ldirib ketilgan kolumbiyalik jurnalist va redaktor Gilermo Kano sharafiga uning nomi bilan atalgan.

Image copyright

25 ming dollardan iborat mukofot pulini Xadicha Ismoilovaning onasi Elmira Ismoilova qabul qilib olgan va qizining murojaatini o‘qib eshittirgan. Xadicha "adolat uchun kurash"ishini aytgan.

Ozarbayjon hukumatidagi eng yuqori mulozimlarning korruptsiyaga aloqadorligini o‘rgangan jurnalist Xadicha Ismoilova mahkama tomonidan 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Shaxsan Prezident Aliyev oilasining ashaddiy tanqidchisi Xadicha Ismoilova soliq to‘lamaslik, noqonuiy tadbirkorlik faoliyati volib borganlik va xizmat vazifasini suiste‘mol qilishda aybdor deb topilgan.

Image copyright Bertus Bouwman

Xalqaro inson haqlari tashkilotlari Ismoilova ustidan mahkama siyosiy mazmundaligi, unga qo‘yilgan ayblovlar soxtaligini aytishgan. Ovro‘po Kengashi, OXHT, BMT tashkilotlari, AQSh va Britaniya urnalistni ozod qilishga chaqirgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring