Qamchiq dovonidagi ko‘chki oqibatida insonlar halok bo‘lgan

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qilishicha, poytaxt Toshkentni Farg‘ona vodiysi bilan bog‘laydigan Qamchiq dovonida ko‘chki ro‘y bergani oqibatida besh inson halok bo‘lgan, olti kishi qutqarilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, hodisa 4 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 14 larda Toshkent-O‘sh yo‘lining 223 kilometrida ro‘y bergan.

Dovon yo‘lining bu qismi Namangan viloyatining Pop tumani hududiga tegishli.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ko‘chkining 13300 metr kub hajmni tashkil etgani, ko‘chki ostida ikki avtomobil qolib ketganini xabar qilgan.

Jarohatlangan insonlarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

5 may kuni ham dovon yopiqligicha qolgan.

Dovonning Toshkent viloyati va Namangan viloyatidagi qismlarida ko‘plab avtomobillar to‘planib qolgan.

Ko‘chki oqibatlarini bartaraf etish maqsadida tegishli xizmatlarning xodimlari hamon ishlayotganlari xabar qilinmoqda.

Qamchiqda qish faslida ko‘p qor yoqadi va qor ko‘chkilari xavfi may oyigacha saqlanib qoladi.

Qamchiq dovoni O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lib, qo‘shni mamlakatlarga qaramlikdan voz kechishga qaror qilgan mamlakat rahbariyati tog‘ yo‘lidan avtomobil va temir yo‘l qatnovini o‘tkazishni istaydi.

O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridanoq dovondagi avtomobil yo‘lini kengaytirish, qatnov uchun qulay qilish ishlari davom ettirib kelinadi.

Shu yil xitoylik mutaxassislar Qamchiq orqali temir yo‘l qatnovini o‘tkazishga imkon beradigan tunellarni ham qurib foydalanishga topshirdi.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring