Qozog‘iston: Yerning xo‘jayini oddiy odamlar bo‘lishi kerak!

Qozog‘istonda yerni xorijliklarga sotish va ijaraga berish masalasi ortidan bir qancha shaharlarda norozi odamlar ko‘chalarga chiqqach, Prezident Nazarboyev Yer kodeksiga o‘zgartirish kiritishga moratoriy e‘lon qildi.

Xorijliklarga yerni sotishga qarshi namoyishlar butun mamlakat bo‘ylab turli darajada kuzatilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa bu borada bahslar davom etmoqda.

VK tarmog‘ida Adelina Adzhimuradova: Barakalla Qozog‘iston xalqi! O‘zlarining haqlarini himoya qilishyapti!- deb yozadi.

Oqtobe va Seme shaharlaridagi noroziliklarga munosabat bildirgan Amanek: Mitinglar bekorga boshlanmadi, kimdir jur‘at qilib kuch yig‘a oldi va oqellini ketgazishga harakat qilmoqda. Omon bo‘lsak ko‘ramiz, deydi Uralskweek.kzda.

"Haqiqat uchun" nikli foydalanuvchining yozishicha, xalq barcha foydali qazilmalar chet elliklarga sotilganini ko‘rdi: neft-amerikaliklarga, metallar hindlarga. Nafaqadan yiqqanlarini xususiy banklarga berdilar, ularni kimga qarashli ekanini hamma yaxshi biladi... Endi eng muqaddas narsa- Yerga chang solmoqchi bo‘lgandilar, xalq o‘rtaga chiqdi. Yersiz xalq yo‘q. Ijaraga berilishiga, ayniqsa sotilishiga aslo yo‘l qo‘ymaslik kerak!!!

Odamlar nima uchun yerni xorijliklarga sotilishidan qo‘rqadi?

Sara Nagashbayevna: Bunda qandaydir adolatsizlik bor. Men 2007 yildan beri yer uchun navbatda turaman, bilmayman qachon berilishini. Chet elliklarga bo‘lsa darrovgina yer ajratishmoqchi, ular boyishni boshlaydilar, biz yana chetda qolaveramiz".

Asan, temiryo‘lchi: "Men xorijliklar kelib yerlarimizni sotib, hatto ijaraga olishlariga qat‘iyan qarshiman.Bu bizning yerimiz, bizning ajdodlarimiz uni olishgan, saqlashgan va biz uning uchun qayg‘urishimiz kerak".

Oltinoy: Biz 25 yildan keyin nima sodir bo‘lishi, chet elliklar o‘zlarini qanday tutishlarini bilmaymizku. Hozirdanoq ular ishlayotgan yerlar begonalardan o‘rab olingan, biznikilarni u yerga qo‘yishmaydi. Albatta xalq qo‘rqadida".

Yesen: "Avvalo mulkni qozog‘istonliklarga berish kerak. Ularning o‘zlari hal qiladi, kimga ijaraga berishni. Umuman olganda, yerning xo‘jayini Qozog‘iston fuqarolari bo‘lishi kerak", deb fikr qoldirgan Diapozon.kz nashri o‘quvchilari.

Image copyright European Photopress agency

Nazarboyev Yer Kodeksiga o‘zgartirishlarga moratoriy e‘lon qildi

Ca-news.org saytida fikr bildirgan Chinook: Quvvatlayman. E‘tibor qilish kerak, Qozog‘istonda odamlar ish haqini oshirish va kimnidir iste‘foga chiqarishni talab qilmadilar. Ular yerni kimga tegishli ekani va undan qanday foydalanish haqida siyosiy masalani ko‘tardilar. Agar odamlarda hozir ortiqcha pul bo‘lmasa, bu puldor odam kim bo‘ladi.Yo jinoyatchilar yo xorijliklar. Davlatning nuqtai nazari to‘g‘ri qaror emas. Agar qonun xorijliklarga yer sotilishini taqiqlasa ham, uni nazorat qilish tartibi yo‘q. Baribir kimda pul bo‘lsa o‘sha mulkdor bo‘ladi.

Adilbek Assylbekovga ko‘ra, vaqtinchalik moratoriy emas, xalqning yerini ijaraga berish va sotishga to‘liq veto qo‘yish kerak.

Azat Zhetpis: Mamlakat rahbari uchun xalqning fikri hech narsa emasligini bilish baribir yoqimli.

Almaz: Hurmatli Nursultan Abishevich! Siz donishmand, aqlli, xalqni o‘ylaydigan odamsiz! Haqiqiy rahbar! Men siz borligingiz bilan faxrlanaman! Rahmat sizga!- deydi Tengrinews.kz saytida.

Gulche Aitmagametova: Moratoriy kiritilishi sog‘lom aqlning yarim g‘alabasi deyish mumkin. To‘xtab qolmaslik kerak va albatta rejalangan mitingni o‘tkazish lozim. Faqat yer muammosi emas, boshqa masalalarni ham ko‘tarib chiqish kerak.

Ayni paytda O‘zbekiston Maxsus xizmatlari Qozog‘istondagi norozilik namoyishlari yoritilgan ijtimoiy tarmoq saytlariga to‘siq qo‘ygani ham muhokama qilingan.

Alexandr Smirnoff: Men Yandeksdan qidirgan maqola ochildi. Shunday ekan, bu mavzuda videolarni ham tomosha qilish mumkin.

Tusha: Islom-aka qo‘rqyapti...

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring