BMT: qochqinlar jamlog‘iga hujum harbiy jinoyat

Image copyright Syria Civil Defence

Birlashgan Millatlar tashkiloti Suriya shimolidagi qochqinlar jamlog‘iga uyushtirilgan havo hujumini keskin qoralab chiqdi.

5 may kuni Idlib viloyatidagi Kamuna qochqinlar jamlog‘iga harbiy uchoqdan hujumga tutilgan.

Oqibatda kamida 28 inson halok bo‘lgan.

Ular orasida bolalar va ayollar bor.

Faollar 50 dan ortiq inson yaralanganini xabar qilganlar.

Idlib viloyatidagi qochqinlar jamlog‘i joylashgan hudud Prezident Assad kuchlariga qarshi kurashayotgan qurolli muxolifat nazorati ostida bo‘lgan.

Shuning uchun ham havo hujumida Suriya armiyasi aviatsiyasini gumon qilmoqdalar.

BMT Bosh kotibining insonparvarlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Stiven O'Brayyen havo hujumi bo‘yicha tergov o‘tkazishga chaqirgan.

"Shubha, birinchi galda, Suriya hukumatiga tushadi. Kim bo‘lishidan qat‘i nazar, ushbu jirkanch amal uchun javobgarlikka tortilmog‘i lozim", deb aytgan BMT bosh kotibi o‘rinbosari.

Hozircha havo hujumini kim sodir etgani aniq emasligi xabar qilinmoqda.

4 aprel kuni Suriyadagi o‘t ochishni to‘xtatish hududini kengaytirish kelishuviga erishilgan.

AQSh va Rossiya bosimi ostida Suriya hukumati va isyonchilar Halab shahrida ham o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lganlar.

Bundan oldin Halabda qaqshatqich janglar boshlanib ketgan edi.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring