G‘urbatdagi g‘ariblar: "Pensiyagacha ishlab ketaylik deb keldik..."

Image copyright bbcuzbek.com
Image caption "Pensiyagacha ishlab ketaylik"
Nafaqa yoshini qoralab qolgan Qobilxo‘ja aka Rossiyada mehnat qilayotgan millionlab muhojirlardan biri. (BBCUZBEK YouTube kanalida tomosha qiling)

"Sovet davrida topish-tutishimiz juda yaxshi edi. Savdoda ishlardim. Endi u vaqtlar pulning qadri bor edi. 3 so‘m bilan ko‘chaga chiqib, bir so‘mga tushlik qilardingiz...qolgani yana choy puli bo‘lardi..."

"Pensiyagacha ishlab ketaylik", deydi u.

Markaziy Osiyodan Moskvaga kelib qonuniy va yo noqonuniy ishlayotgan mehnat muhojirlarining soni bir necha million ekani aytiladi.

G‘arbning Rossiyaga qarshi jazo choralari hamda neft narxlari tushib ketgani bois Rossiyada iqtisodiy ahvol og‘irlashgan.

Bu esa, mehnat muhojirlari hayotiga ham ta‘sir etmay qo‘ymagan.

Kimlar ishini yo‘qotgan, yana kimlar maoshini ololmayotganidan shikoyat qiladi.

Boshqalar vatanga qaytishdan o‘zga choralari qolmayotgani haqida so‘zlaydilar.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq