Shimoliy Tojikistonda sel qurbonlari

Image copyright

Tojikiston shimolida yuz bergan tabiiy ofat natijasida uch inson halok bӯlgan.

Ayniy tumanida 41 yoshli Lola Tuyg‘unova va 18 yoshli Ismat Rustamovlarni sel oqizib ketgan.

Tojikiston Favqulodda holatlar va fuqaro mudofaasi vazirligi Sug‘d viloyati shtabidan xabar berishlaricha, seldan keyin Panjakent tumanida 56 yoshli Toshboy Xӯjamqulovning jasadi topilgan.

9-may tuni yuz bergan qattiq shamol kamida ӯn beshta umumta‘lim muassasasi, 150 tadan kӯproq turar-joy tomini qisman yo butunlay kӯchirib otgan, ӯndan ortiq simyog‘och yiqilgan yo singan. Yuzlab tup daraxt ildizi bilan qӯporilgan, beshta mashina daraxt yo tomyopqichlar ostida qolgan. Birgina Bobojon Fafurov tumanida 5 ta kasalxona, 8 ta maktab, Arbob qasri va muzey tomi qisman zararlangan. Konibodomda "Vavilon-M" mobil aloqasi antennasi uzilib tushgan, choyxona buzilgan.

Panjakent va Devashtich tumanlarida kuchli jala va sel 5 kilometr avtomobil yӯlini yuvib ketgan, ikkita kӯprikni buzgan. Ayniy tumanida tosh kӯchkisi Veshkand qishlog‘iga ӯtiladigan yӯlni tӯsib qӯygan. Sel Panjakent shahridagi uylarga ham oqib kirgan va ikkita uy butunlay buzilgan, 40 ta uyga qisman zarar yetgan. Tabiiy ofat natijasida Panjakentdagi suv tortish nasosi, suv quvurlari, ӯndan ortiq elektr transformatori ishdan chiqqan.

Tojikiston Favqulodda holatlar vazirligiga ko‘ra, tabiiy ofat yetkazgan iqtisodiy zarar hisoblab chiqilmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga qaraganda, bu iqtisodiy zarar millionlab tojik somoniysi, yoki yuz minglab AKSh dollari miqdorida bӯlishi mumkin. Ofatdan zararlanganlarga moddiy yordam kӯrsatish choralari kӯrilmoqda. Uysiz qolganlar vaqtinchalik boshpanalar bilan ta‘minlanmoqda.

Viloyatda amal qilayotgan maxsus shtab boshchiligida shamol, jala, sel, kӯchki yetkazgan oqibatlarni bartaraf etish ishlari boshlangan. Bu ishlarga favqulodda holatlar va fuqaro mudofaasi bӯlimi xodimlaridan tashqari harbiy qism askarlari, oddiy fuqarolar jalb etilgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq