Tojikistonda CASA-1000 loyihasi ishga tushirildi

Poytaxt Dushanbedan 60 kilometr uzoqlikdagi Tursunzoda shahrida CASA-1000 energetika loyihasini ishga tushirishning tantanali marosimi bo‘lib o‘tgan.

CASA-1000 elektr energiyasini Markaziy Osiyodan Janubiy Osiyoga eksport qilishni maqsad qilgan loyihadir.

Yangi elektr quvvatini uzatish tarmog‘i Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston va Pokistonni bir-biriga bog‘laydi.

CASA-1000 loyihasining umumiy qiymati 1 milliard 100 million dollardan ziyodga baholanmoqda.

Loyiha Qirg‘iziston va Tojikistonda mavjud gidroelektr stantsiyalarida ishlab chiqarilgan elektr quvvatini Afg‘oniston va Pokistonga uzatish uchun 1200 kilometrlik yangi elektr uzatish tarmog‘ini qurishni ko‘zda tutadi.

Casa-1000 Qirg‘iziston va Tojikistonga yoz oylarida ortiqcha bo‘lib qolgan elektr quvvatini sotish imkoniyatini beradi.

Va bu mamlakatlar qish oylarida duch keladigan energiya muammosini hal etishga yordam berishi aytilmoqda.

Tursunzodadagi ochilish marosimida Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Pokiston Bosh vaziri Navoz Sharif, Afg‘oniston Bosh vaziri Abdullo Abdullo, Qirg‘iziston Bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov qatnashgan. CASA-1000 loyihasining tantanali ochilish marosimiga Qirg‘iziston hukumati rasmiy hay‘atiga Prezident Almazbek Atamboyevning rahbarlik qilib borishi xabar qilingandi.

Bu janob Atamboyevning Tojikistonga rasmiy safari bo‘lishi, CASA-1000 tantanali marosimi bilan birga Qirg‘iziston va Tojikiston hukumatlari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilib hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan edi. Lekin Prezident Atamboyev Tojikistonga bormagan.

CASA-1000 loyihasini Jahon banki, Islomiy Taraqqiyot banki, AQShning xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), AQSh Davlat departamenti, Buyuk Britaniya Xalqaro hamkorlik vazirligi(DFID) va Avstraliya Xalqaro Taraqqiyot agentligi(AusAID) moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq