Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Jamala: "Men bu yerda yasholmadim"

"Ovro‘nigoh-2016" tanlovida Ukrainalik Jamala qrim tatarlarining o‘z vatanidan badarg‘a qilinishi haqidagi qo‘shig‘i bilan g‘olib deb topilgan.

Stokgolmda o‘tgan an‘anaviy qo‘shiq tanlovida Jamala hakam va tomoshabinlar bergan ovoz natijalariga ko‘ra, 534 ball to‘plagan.

Qrim tatar millatiga mansub Jamalaning "1944" deb nomlangan qo‘shig‘i 1944 yildagi fojiali voqealarga bag‘ishlangan.

O‘shanda Stalinning buyrug‘i bilan qrim tatarlari bir kechada ommaviy ravishda vatanlaridan badarg‘a qilingandi.

Rossiya qo‘shiqda siyosiy tagmazmunni ko‘radi.

Tanlov qo‘mitasi tadqiqot o‘tkazib, "1944" nomli ashulada siyosiy ma‘no topmagani borasida qarorga kelgan.

Jamalaning o‘zi ashulaning yaratilishiga buvisining xotiralari turtki bo‘lganini aytadi.

Jamalaning otasi Qirg‘izistonning O‘sh shahrida surgunda tug‘ilgan qrim tatar, onasining chiqib kelishi esa tog‘li qorabog‘ armanlaridan.

Jamalaning ijodida turli madaniyatlarning rang-barangligi aks etgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - http://bbc.in/1VXp1ut
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (http://bbc.in/1VXp3CB)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa,uzbekweb.netga kiring