Muhammad Solih: "Unutma, faqat sen hursan!"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Shoir va siyosatchi Muhammad Solih 1949 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan.

Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakulteti va Moskvadagi Oliy Adabiyot kursini tugatgan.

Ilk she‘riy to‘plami-"Beshinchi fasl" 1977 yilda dunyo yuzini ko‘rgan.

Shundan buyon 20 dan ortiq she‘riy, nasriy va publitsistik kitoblari chop etilgan.

Muhammad Solih Frants Kafka asarlari va 20-asr frantsuz shoirlari, shuningdek, atoqli turk shoiri Yunus Emro she‘rlari hamda turkiy xalqlarning mashhur eposi sanalmish "Dada Qo‘rqut kitobi"ni o‘zbek tiliga o‘girgan.

Muhammad Solih nafaqat ijodiy, balki siyosiy shaxsiyati bilan ham O‘zbekistonning yangi tarixida o‘z o‘rniga ega.

U 1988 yilda O‘zbekistonda tuzilgan ilk muxolifat tashkiloti - "Birlik" Xalq Harakatining asoschilaridan bo‘lgan.

1989 yilda "Erk" demokratik partiyasiga asos solgan va 1991 yildagi ilk prezidentlik saylovlarida Prezident Islom Karimovning raqibi bo‘lgan.

1993 yilda siyosiy ta‘qiblar tufayli vatanini tark etishga majbur bo‘lgan shoir hozirda muhojirotda yashamoqda.

---------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBCUZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring