Istanbul aeroportida yuzga yaqin uyg‘urlar ushlangan

Image copyright bb

Istanbul politsiyasiga ko‘ra, Otaturk aeroportida tekshiruv payti 90 dan ortiq uyg‘ur millatiga mansub fuqarolar yonidan soxta Qirg‘iziston pasportlari chiqqan.

Turkiyaning "Xaberler" nashri yozishicha, uyg‘urlar Urumchidan Saudiya Arabistoniga qarab yo‘nalganlar.

Aytilishicha, politsiyaning shubhasini uyg‘otgan to‘rt shaxs soxta pasport uchun har bir kishidan 2,5 ming yevro va chipta uchun 300 dollardan olganlar.

Urumchidan Istanbulga uchgan fuqarolar Saudiya Arabistoniga yetib borish uchun o‘ziga xos yo‘lni topishgan. Otaturk aeroportiga yetib kelganlar to‘g‘ri o‘sha yerdan Shimoliy Qibrisga parvoz qiluvchi uchoqqa chipta olganlar. Pasport tekshiruvidan o‘tayotib, to‘rt kishi Qirg‘iziston fuqaroligi ko‘rsatilgan soxta pasportlarni taqdim qilishgan. Aniqlanishicha, ular pasport va chiptalar uchun Saudiyaga bormoqchi bo‘lgan uyg‘urlardan katta miqdorda pul yig‘ishgan.

Safarni tashkillashtirganlar va Jidda shahriga uchayotgan 98 kishi ham uchish oldi qo‘lga olingan.

Surishtiruv ishlaridan so‘ng ularning barchasi Xitoyga deportatsiya etilishi xabar qilinmoqda.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring