"Yanukovich aybdorligining isbotini topolmayaptilar"

Image copyright Reuters

Ukraina Bosh Prokuraturasi mamlakat sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning 2014 yilda Maydondagi qotilliklarga aloqadorligini tasdiqlaydigan dalillar to‘play olmadi, deb aytgan uning himoyachisi Vitaliy Serdyuk.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "Maydon ishi"ning tergov muddati qonunda ko‘rsatilgan fursatdan oshib ketgan. Qonun bo‘yicha bir yil ichida tekshiruv ishlari yakunlanishi kerak.

Himoyachi prokuraturani tergov ishiga siyosatchilarning aralashuviga yo‘l qo‘ymaslikka va "Yanukovichning sodir etilgan jinoyatlarga aloqadorligini isbotlaydigan yetarli dalillar yo‘qligini jamoatchilikka ochiq va haqqoniy bildirish"ga chaqirgan. U shuningdek, jarayonni iloji boricha omma ko‘z o‘ngidan yashirmasdan qilishni taklif etgan.

Vitaliy Serdyuk tergovchining Viktor Yanukovich bilan ko‘rishib, so‘roq qilishiga imkon yaratish hamda bu jarayonni video anjuman shaklida tashkil qilinishini ta‘minlashga chaqirgan. Viktor Yanukovichning o‘zi xavfsizlik yuzasidan tergovga kela olmasligini aytgan himoyachisi.

Fevral oyida Ukraina Bosh Prokuraturasi Viktor Yanukovichning Maydondagi qotilliklarni tashkillashtirishga aloqadorligini aniqlaganini bildirgandi. Yanukovich barcha ayblovlarni inkor etgan.

2014 yil qishida Kiyevdagi norozilik namoyishida 160 inson o‘ldirilgan, mingdan ortig‘i yaralangandi. Shuningdek, huquqni muhofaza qilish idoralarining 19 xodimi ham halok bo‘lgan.

Ukraina Bosh Prokurori Viktor Shokin Maydondagi qotillik ishini o‘rganish nihoyasiga yetganini ma‘lum qilgan bo‘lsada, shu paytgacha bu ish bo‘yicha birorta ham mahkama o‘tkazilmagan va jinoyatga aloqador hech kim, xoh ijrochi, tashkilotchi yoxud buyurtmachilar bo‘lsin, jazolanmagan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq