Odnoklassnikidagi suratni yoqtirgani uchun bir yillik shartli jazo

O‘sh shahar mahkamasi Odnoklassniki Internet portalida Rashod Qori Kamolovning suratini "yoqtirgani" uchun Abdulloh Nurmatovni ekstremistik materialni saqlash bandida aybdor deb topgan va bir yillik shartli jazo tayinlagan.

O‘sh: Abdulloh ok.ru dagi suratni yoqtirgani uchun sudlanmoqda

21 yoshli Qorasuv shahri yashovchisi Abdulloh Nurmatov o‘tgan yilning 10 sentyabri kuni Qirg‘iziston Milliy Xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari tomonidan hibsga olingan.

O‘sha kuni uning uyida tintuv o‘tkazilgan.

Abdulloh Nurmatovning hibsga olinishiga 20 avgust kuni Odnoklassniki sotsial tarmog‘ida hozirda ekstremizmda ayblanib 10 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan taniqli imom Rashod Qori Kamolovning suratlariga "klass" belgisini qo‘ygani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Abdulloh Nurmatovning o‘zi esa 20 avgust kuni militsiya xodimlari tomonidan hibsga olingani, OK.RU dagi parolini aytishni talab qilganlari, aytmagani uchun qiynoqlarga solganidan shikoyat qilgan.

Himoyachisi Husanboy Saliyev tergov va mahkama jarayonida qator qonun buzilishi hollari ro‘y berganini aytgan.

"Abdullohni ekstremistik ma‘lumotlarni saqlaganlikda ayblayaptilar. Biroq, unga yetarli dalil va isbotlar yo‘q. Militsiya hodimlari himoyamizdagi insonning "Odnoklassniki.ru" ijtimoiy tarmog‘idagi ma‘lumotlarni hech bir sud qarorisiz, noqonuniy olganlar. Qirg‘iz Respublikasi konstituttsiyasining 29 moddasi: "Har bir inson, maxfiy elektron va boshqa turdagi yozishmalar huquqiga ega. U faqat sud qarori asosidagina cheklanishi mumkin", deya qayd etilgan", deydi himoyachi Husanboy Saliyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, himoyachilar yuqoridagi qonunbuzarliklar yuzasidan sudga ariza bilan murojaat qilganlar. Biroq, hakam ushbu holatni inobatga olmay, jarayonni boshlagan.

Abdulloh Nurmatovning "Odnoklassniki"dan olingan ma‘lumotlari "Qirg‘iziston Din ishlari bo‘yicha qo‘mita"si ekspertizasidan o‘tkazilgan.

U o‘zining biror bir diniy tashkilotga a‘zo ekanligini rad etgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq