O‘zbekistonda bitirish kechalari taqiqlandi

O‘zbekiston Xalq ta‘limi vazirligi bu yil maktablarda bitiruv kechalari o‘tkazilishini taqiqlagan.

Qator matbuot nashrlarining maktab direktorlariga asoslanib xabar qilishlaricha, direktorlardan bitiruv kechalari tashkil etilmasligiga kafolat berib tilxat yozdirib olinayapti.

25 maydagi oxirgi qo‘ng‘iroq marosimlari ham ochiq maydonlarda o‘tkazilishi, bu marosimlarni davom etish muddati 1 soatdan oshmasligi talab qilinmoqda.

Poytaxt maktablarida bitirish kechalarining taqiqlangani ijtimoiy tarmoqlarda ba‘zi norozi fikrlarga sabab bo‘lgan, shuningdek, yoqlaganlar ham.

Bitirish kechalarida kiyish urfga aylangan qizlarning uzun, qimmatbaho kiyimlari ba‘zi kam ta‘minlangan oilalarni mushkul ahvolga solib qo‘ygani aytilgan.

Shu bilan birga, yigit-qizlar maktabdagi bitirish kechalaridan keyin uylari yoki restoranlarda dabdabali ziyofatlar uyushtirib, mashhur qo‘shiqchilarni chaqirishlari kabi holatlar ham uchrashi kelgusida odatga aylanib qolmasligidan xavotirlar bildirilgan.

Shunday ekan, bitiruv kechalarining taqiqlangani yaxshimi yoki yomon?

Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi litsey o‘qituvchisi Bahodir Eliboyevga ko‘ra, maktablarda bitiruv kechalari-oxirgi qo‘ng‘iroqlar o‘rniga "xayr maktab-salom kollej" degan iborani ishlatish kerakligi uqtirilgan.

Uning so‘zlashicha, bitirish kechalari tashkil qilinishi orqasidan, ko‘p yosh yigit-qizlar maktabni bitirganlarini nishonlab, kech soatlarda qolib ketganlari, ba‘zida ko‘ngilsiz hodisalar yuz bergani sababli turli bazm-ziyofatlar o‘tkazish taqiqlangani to‘g‘ri hisoblanadi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq