SO‘Z SIZGA: Rossiyaga viza tartibi muhojirlar bilan bog‘liq muammolarni hal qiladimi?

Image copyright RIA Novosti

14 may kuni Moskva yaqinidagi qabristonlardan birida mehnat muhojirlarining ko‘p sondagi ishtirokida bo‘lib o‘tgan mushtlashuvdan so‘ng Rossiya parlamentining yuqori palatasida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolariga nisbatan viza tizimini kiritish takliflari yangramoqda.

RIA Novosti xabar agentligiga ko‘ra, Federatsiya Kengashining Mudofaa va Xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Yevgeniy Serebrennikov "migratsiya sohasidagi qonunlarni qat‘iylashtirish vaqti keldi", deb aytgan.

"Biz qonunlarni qabul qilayotganda odatda demokratik davlatlar tajribasiga tayanamiz. Lekin ba‘zida bu noto‘g‘ri. Mamlakat xavfsizligi muhimroq", deb aytgan Yevgeniy Serebrennikov. Viza tartibini kirtish haqidagi fikrlar Parlamentning quyi palatasida ham yangragan.

Rossiyadagi millionlab mehnat muhojirlarining ishlash va yashashlari, turli sug‘urtalar, ularning huquqlari va xavfsizligi sohasida muammolar ko‘pligi hech kimga sir emas. Haqiqatdan ham viza tizimini kiritish bilan ularning oqimi tartibga solinadimi? Shu bilan Rossiya mulozimlari o‘zlari “yuz tutayotgan muammolarni” yechishi mumkinmi? Sizningcha, bu kabi viza tizimi muhojirlarning hayotiga qanday ta‘sir qiladi?

Mehnat muhojirininng o‘zi uchun ham viza rejimi qonuniy ravishda mamlakatga kelib, yashash va ishlash uchun asos yaratadi degan qarashlarga munosabatingiz qanday?- deb murojaat qilgan edik.

BBCUZBEK Facebook va Odnoklassniki sahifalaridagi izohlarda foydalanuvchilar viza tartibi joriy qilinishiga o‘z munosabatlarini shunday bayon qilganlar.

( Aksariyat izohlar tahrirsiz berilmoqda –tah.)

Aziz Adizovning Feysbukda yozishicha : Viza bo‘lganda xam foydasi yuk. Bo‘ladigan mushtlashuvlar viza bo‘lsa xam bo‘laveradi. Nimaga bir joyda urush bo‘lsa fakat uzbek ko‘ndalang, axir tojiklar bilan chechenlar urishganku hammasi o‘zbekka osiladi...

Ira Malikovna esa Bema‘nilik bu, deb fikr qoldirgan.

Fozil Xushbakovga ko‘ra, G‘isht kolipdan ko‘chdi.

SOLIXA SOLIXAning "Agar viza bolsa bowqa xech qanday dokument qilinmidimi ?"- degan savoliga

KODIRJON: Koreya AQShda kanday ishlashyapti o‘shanday buladida, deb javob beradi.

Odnoklassniki tarmog‘ida BBS o‘quvchilari faol, lekin e‘tiborni tortadigan jihati, ularning deyarli hammasi ismsiz fikrlar qoldirishgan. O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilarning nazorat qilinishi hisobga olinsa, bu holatni tushunish mumkin.

------

Daston degan faolning: bu bo‘htonlar, hammasini o‘zlari qilishyapti... to‘gridan to‘g‘ri chiqarib yubormay oxiri vizaga tayyorlayapti maqsadi O‘rta Osiyo migrantlaridan tozalash, degan gapini bir qancha foydalanuvchilar yoqlashgan.

Gapiz to‘g‘ri, xuddi Toshkentday qilmoqchi, deb yozadi biri.

Toshkentni nima aloqasi bor bu yerda. Toshkentga kelganda ko‘rasiz. O‘z uyingda "VATAN"sizday yuramiz, Toshkentda tug‘ilmasang vatangadoday exx...nimasini aytay, deydi boshqa bir foydalanuvchi.

"Xafa bo‘lmang sabr so‘rang bizga o‘xshap", deb sabr tilagan o‘quvchiga,

"Hali O‘zbekistonda ishlar kupayib ketadi. Hamma uzini shahrida ishlaydi nasib qilsa" yoki

"O‘zbegimga xamisha baxt, omad, ALLOHim qo‘llasin va rahmi kelsin, majburlikda yurgan mehnatsevar yurtdoshlarimizni "dangasa"deganlarga Xudo insof bersin, kabi izohlar qoldirilgan.

"Bir odam... ich-etini kemiradi Vatanni deb, Bir odam... soat sayin semiradi Vatanni yeb..." degan she‘riy izoh ostida

"Siz bu gaplariz bilan tashviqot yuritmang niqob ustida" deydi norozi boshqasi.

Unga javoban, "Bu niqob emas xaqiqat",

"O‘Z VATANINGDA VATANGADO BO‘LIShDAN HAM ORTIQ SITAM BORMIKIN?…"

Akaxonlar hali hammasi ortda qoladi. Xudo xohlasa sabr kilinglar, inoq bo‘linglar. Urushmelar Baraka kochadi, kabi savol-javoblarni o‘qish mumkin Odnoklasnikida.

Bahromidin Yoldashov: Xudo xohlasa ketsam kelmayman Rossiyasiga, deb yozadi.

Faxritdin Abduraxmonovich esa: Kim ketsa kaytib keladi, xech kim. Kimga vыgodno bu yerga yurish, hamma ketadi uyiga. Shu pulni O‘zbekistondayam topsa bo‘ladi. Tak chto xameng yegishtirib ketlarin uylaringa, Buta yurib nominga dog tushirmaring, deya maslahat beradi.

Uning yozganlari ham ba‘zilarda norozilik uyg‘otgan.

Sen kancha pul topasan O‘zbekistonda? Nima ish kilasan? Yoz xammasini, pul topishni urgat bizga xam Uzbekistonda....,- savol beradi Odnoklassniki dagi o‘quvchi.

Faxritdin Abduraxmonovichga ko‘ra, pul topish uchun professor bulish shart emas!

SARDOR nikli faolning yozishicha, viza Qilaolmaydi Ular Qorqoq. Ozi Rossiya Evropa Aqsh bn Aloqasi Yaxshimas Orta Osiyo Qoldi Viza Qilsa Koramiz Nima Bolarkin.

  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq