Qozog‘istonda aksilhukumat namoyishchilar hibsga olingan

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi norozilik amaliyoti tashkillashtirmoqchi bo‘lgan 129 kishi hibsga olingani haqida xabar tarqatgan.

Qozoq rasmiylari faollarning butun mamlakat bo‘ylab norozilik amaliyotlarini boshlash chaqiriqlari ortidan hibs amallariga qo‘l urganlar.

Qozog‘istonning bir necha shaharlarida to‘la qurollangan politsiya va niqobli xavfsizlik xodimlari ko‘cha va xiyobonlarni to‘sib olganlar.

Barcha norozilik yurishlari taqiqlangan va namoyishchilar avtobuslarga kuch bilan o‘tirg‘izilganlar.

Image copyright Reuters

Shuningdek, politsiya bir necha jurnalistlarni ham qisqa vaqt hibsga olgan va keyinroq bu amallarni Ichki ishlar vazirligi "tushunmovchilik" deb atagan.

Qozog‘istonda aksilhukumat namoyishlari kamdan-kam yuz beradi, mamlakatni Sho‘rolar zamonidan boshqarib kelayotgan Prezident Nursulton Nazarboyevning boshqaruviga qarshi chiqishlarga yo‘l berilmaydi.

Oxirgi bir oy mobaynida kuzatilayotgan noroziliklarning bahsli yer islohotiga qarshi ekani aytilmoqda.

Norozilik chiqishlari sabab Prezident Nazarboyev yerni ijaraga berishga bag‘ishlangan qonun ijrosini to‘xtatib turishga farmon berdi, biroq shundan keyin norozilik namoyishlari to‘xtagani yo‘q.

Kuni kecha "Shal, ket!" ("Chol, ket!") degan shior ostida 75 yoshli Prezident Nursulton Nazarboyevning iste‘fosi talabi bilan noroziliklar tashkillashtirilgani xabar qilingandi.

  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring.

Bu mavzuda batafsilroq