Toshkentni dunyoning hayot sifati eng yomon shaharlari ro‘yxatiga kiritdilar

Yashash yaxshi va yomon shaharlarning ro‘yxatini Mercer shirkati tuzgan, bu shirkat yashash sifati indeksini har yili tuzadi.

Bu yil ham shirkat dunyoning 450 shahri ahvoliga nazar tashlagan va yashash uchun yaxshi va yomon shahar degan ta‘rif berishda quyidagilar mezonlarga tayangan:

Siyosiy va ijtimoiy muhit. Bunda siyosiy barqarorlik, jinoyatchilik ahvoli va qonunlar naqadar ishlashi e‘tiborga olinishi aytilgan.

Keyingi mezon iqtisodiy muhit. Bunda valyuta ayirboshlash bilan bog‘liq tartib-qoidalar va bank xizmatlari naqadar taraqqiy etgani hisobga olingan.

Ijtimoiy-madaniy muhit: matbuot naqadar imkonli ekani va tsenzura, shaxsiy erkinlik cheklangani.

Tibbiyot naqadar rivojlangani, infektsiya tarqalgani miqyosi, suv-oqova tizimi qanchalar yaxshi ishlashi, chiqindilarni tozalash tizimi yo‘lga qo‘yilgani va havo ifloslangani.

Maktablar va ta‘limi tizimi rivojlangani.

Jamoat transporti, elektr va ta‘minoti qanchalar yaxshiligi, yo‘llarda avtomobil “probka”lari ko‘p yoki kamligi.

Restoran, teatr, kino va sport bilan bog‘liq hordiq maskanlari faoliyati naqadar yaxshi yoki yomon yo‘lga qo‘yilgani.

Kundalik iste‘mol mollari, oziq-ovqat ta‘minotining sifati, avtomobilga ega bo‘lish imkoniyati.

Uy-joyni ijaraga olish, uy uchun mebel va boshqa zarur jihozlarga ega bo‘lish, uy-joyga xizmat ko‘rsatish sifati.

Atrof-muhit, tabiiy ofatlar ro‘y berishi bilan bog‘liq vaziyat.

Mercer dunyoning 230 mamlakati ichidan 33 shaharni yashash uchun eng yomonlari deb topgan.

Bu 33 shahar ichiga Qozog‘istondan tashqari barcha Markaziy Osiyo respublikalari poytaxtlarini kiritgan.

Yashash uchun eng yomon shaharlar ro‘yxatidagi birinchi o‘ringa Iroq poytaxti Bag‘dod qo‘yilgan.

Bu ro‘yxatda 19-o‘ringa Tojikiston poytaxti Dushanbeni qo‘yishga qaror qilingan.

Mercer ta‘rificha, "qashshoqlik va energiya taqchilligi shahar va butun mamlakat uchun katta muammo. Shuningdek, Jahon Banki mutanosib infrastruktura yetishmasligi bois biznes bilan shug‘ullanish mushkulligidan ogohlantirgan".

Image copyright social media

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekka 21-o‘rinni berganlar va Bishkek yashash uchun yomonligining sababi "mamlakat iqtisodiy markazida qashshoqlik darajasi yuqori" ekani bilan izohlangan. "Ayni paytda hukumat IShID yoki DOISh nomi bilan tanilgan "Islomiy Davlat" a‘zolarining davom etib kelayotgan hujumlari bilan kurashib kelayapti", deyiladi Mercer hisobotida.

Ashxobod shahri 23-o‘ringa qo‘yilgan va Turkmaniston poytaxtiga shunday ta‘rif beriladi:

"Shahar hukumat tomonidan qattiq nazorat qilinadi, ish bilan ta‘minlanganlarning aksar foizi davlat nazoratidagi korxonalarga to‘g‘ri keladi. Afsuski, shahar muntazam suv taqchilligidan jabr ko‘radi, bu davlatning uquvsiz boshqaruvining oqibatidir, bundan 2015 yili havo harorati Tselьsiy shkalasi bo‘yicha 47,2 darajagacha chiqqan paytda odamlar azoblanadilar".

33 yomon shahar orasidan Toshkentga 26-o‘rin berilgan.

"Markaziy Osiyo markazidagi poytaxt so‘nggi yilda terrorizm o‘chog‘iga aylandi. 2015 yili Toshkentdagi AQSh elchiligi so‘nggi 11 yil mobaynida birinchi marta hujumga uchradi va hukumat o‘sib borayotgan islomiy ekstremizmga qarshi kurashishga harakat qilib kelmoqda".

Aksar kuzatuvchilar Mercer shirkatining Toshkentdagi xavfsizlik vaziyatiga bergan bahosiga qo‘shilmaydilar.

  • Siz-chi?
  • Fikr-mulohazalaringizniuzbek@bbc.co.ukelektron pochtasiga yo‘llang yoki BBC UZBEKning sotsial tarmoqlari orqali bo‘lashing!
  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz -https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq