Tolibon rahbari Mullo Axtar Mansur o‘ldirilgani tasdiqlangan

Image copyright Reuters

Afg‘on xavfsizlik xizmati xodimlari Tolibon rahbari Mullo Axtar Mansur o‘ldirilganini ilk bor rasman tasdiqlaganlar.

Bundan avval AQSh rasmiylari AQShning uchuvchisiz boshqariladigan uchog‘idan uyushtirilgan hujum natijasida Pokistonning Afg‘oniston chegarasiga yaqin hududida Tolibon rahbari Mullo Axtar Mansur o‘ldirilgani haqida xabar tarqatishgandi.

Pentagon vakillari xabar qilishlaricha, hujum Afg‘on-Pokiston chegarasiga yaqin Ahmad Vol shahri yaqinida 21 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:00 da uyushtirilgan.

Chekka hududda borayotgan avtomobilda ikki kishi bo‘lgan, biri Mullo Axtar Mansur, ikkinchisi boshqa bir jangari.

Amerika rasmiylariga ko‘ra, ushbu hujumga AQSh Prezidenti Barak Obama ruxsat bergan.

Ham Afg‘oniston va ham Pokiston rasmiylari Tolibon rahbariga hujum uyushtirilishi boxabar etilganlar.

Mullo Axtar Mansur Afg‘on Toliboni rahbarligini 2015 yil iyulida o‘z qo‘liga olgan edi.

O‘shanda Tolibon harakatining asoschisi va ruhoniy rahbari Mullo Muhammad Umar tirik emasligini e‘lon qilingan edi.

Tolibon rahbarlari haqida yolg‘on ovozalar doimo tarqalib yuradi.

Mullo Umar 2013 yili olamdan o‘tgan, biroq Tolibon tarafidan oradan ikki yil o‘tib uning vafoti tasdiqlandi.

O‘tgan yili Mullo Axtar Mansurning ham qurolli jang payti o‘ldirilgani haqidagi xabar ham tarqalgan, lekin bu xabarni Afg‘oniston hukumati rad etgandi.

Mullo Mansurning Tolibon rahbari etib tayinlanishi bahslarga ham sabab bo‘lgan, Tolibonning boshqa bir raqib guruhi o‘zining boshqa rahbarini ham saylagan edi.

Pentagon bayonotida aytilishicha, Mullo Mansur "Afg‘on tinch fuqarolari va xavfsizlik kuchlariga, bizning tarkibiy qismimiz va koalitsiyadagi sheriklarimizga tahdid tug‘diradigan hujumlarni rejalashtirishda faol bosh qo‘shib kelgan".

2014 yil xalqaro koalitsiya kuchlari o‘zlarining jangovor amaliyotlaridan voz kechganidan keyin Tolibon Afg‘oniston hududida ancha joylarni qo‘lga kiritdi.

Borgan sari NATO kuchlarining Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarining Tolibonga qarshi janglarida ko‘proq ishtirok etishiga to‘g‘ri kelayapti.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring.

Bu mavzuda batafsilroq