Toshkentda ShHT tashqi ishlar vazirlari to‘plandilar

23 may kuni Toshkentga Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Xitoy tashqi ishlar vazirlari yetib borganlari xabar qilindi.

Bundan oldin O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 23-24 may kunlari Shanxay Hamkorlik tashkilotiga a‘zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlarining kengashi navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tishi haqida ma‘lum qilgan.

Tashqi ishlar vazirlari Kengashining majlisi ShOS rahbarlari sammitiga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichi ekani aytilmoqda.

Shanxay tashkilotiga a‘zo Rossiya, Tojikiston, Xitoy, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston prezidentlarining keyingi sammiti Toshkentda bundan roppa-rosa bir oy keyin - 23-24 iyun kunlariga mo‘ljallangan.

O‘zbekiston poytaxtida qariyb 1 yildan buyon borayotgan tramvaylar yo‘llarini olib tashlash, daraxtlarni kesish, binolarning tashqi ko‘rinishiga oro berish ishlari ShOS rahbarlari sammiti bilan tushuntirib kelinadi.

Toshkentga tashqi ishlar uchrashuviga borgan Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van Ini Prezident Islom Karimov qabul qilgan.

Prezident Karimov O‘zbekistonda ShOS sammiti va Xitoy Prezidenti Shi Jinpingning davlat tashrifiga alohida e‘tibor qaratilayotganini ta‘kidlagan.

"Biz Xitoy Xalq respublikasi raisini O‘zbekistonning samimiy, haqiqiy do‘sti deb hisoblaymiz", deb aytgan Prezident Karimov.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq