A320 halokati: portlash yuz bergan bo‘lishi mumkin

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

EgyptAir shirkatining O‘rta Yer dengizi ustida halokatga uchragan A320 uchog‘i bortida portlash sodir etilgan bo‘lishi mumkin. Manbaning aytishicha, jasad qoldiqlarini o‘rganish shunday taxminni beradi.

Qidiruv guruhi tarkibidagi ismini oshkor etishni istamagan ekspertning aytishicha, suvdan topilgan jasadlar qoldiqlari bilan o‘zi shaxsan tanishgan va guruh ham uchoq bortida portlash sodir etilgani farazini o‘rganmoqda.

Image copyright EPAEgyptian Defense Ministery

Hozirgacha Qohiraga jasadlarning 80 tacha qoldiqlari yetkazilgan. Ularning hammasi kichkina hajmda va orasida birorta ham tananing butun qismi, misol uchun qo‘l yoki bosh qismi yo‘q, deb aytgan mutaxassis.

Shu boisdan, fojeaga portlash sabab bo‘lgan, deyish asoslidir, deydi kriminalist Associated Press agentligiga.

Biroq, mutaxassislar uchoq bo‘laklarida portlovchi modda izlarini topganlaricha yo‘q, deb qayd etgan agentlik manbasiga iqtibosan.

Misr hukumati fojea sodir bo‘lgan joyga uchoq "qora quti"larini topish uchun suv osti kemasi yuborilganini ma‘lum qilgan.

Image copyright MISIR ORDUSU

EgyptAir shirkatining Parijdan Qohiraga parvoz qilgan A320 uchog‘i 19 may kechasi O‘rta Yer dengiziga qulagan edi. Uchoq bortida ekipaj a‘zolari bilan birga 66 inson bo‘lgan.

Ularning hammasi halok bo‘lgan.

O‘tgan jumada Yunoniston hukumati O‘rta Yer dengizida g‘oyib bo‘lgan uchoqning bo‘laklari, inson qoldiqlari va buyumlar topilgani haqida xabar bergan.

Ertasi kuni Misr Mudofaa vazirligi suvdan olib chiqilgan qutqaruv nimchalari, shaxsiy buyumlar va EgyptAir belgili uchoq bo‘laklarining fotosuratlarini tarqatgandi.

Aviation Herald nashrining manbalariga tayanib yozishicha, Airbus A320 uchog‘ining halokatidan bir necha soniya oldin uning bortida tutun detektorlari ishlab ketgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq