ShHT tashqi ishlar vazirlari Toshkentda uchrashmoqda

Image copyright mariazakharova

Toshkentda seshanba kuni Shanxay hamkorlik tashkilotining tashqi ishlar vazirlari kengashi ish boshlagan. Dushanba oqshomida esa vazirlar norasmiy uchrashuvlar va ikki-tomonlama muzokaralarda qatnashganlar.

Yig‘indan asosiy maqsad 23-24 iyunda Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitiga tayyorgarlikni muhokama etishdir.

Tashqi ishlar vazirlari ShHTga a‘zo davlatlar rahbarlari ko‘rib chiqadigan hujjatlar va qarorlar loyihalarini muhokama qilishmoqda.

Sammitda, xususan, ShHTning 15 yillik deklaratsiyasi va 2016-2020 yillar uchun amal qilish dasturi qabul qilinishi, hamda terrorchilik, ekstremizm, giyohvand moddalar noqonuniy savdosi va uyushgan jinoyatga qarshi kurash sohasidagi hamkorliklarni mustahkamlashga kelishilishi kutiladi.

Sammitda ishtirok etayotgan Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova vazirlar uchrashuvi borasida o‘zining Facebookdagi sahifasida xabar tarqatdi.

"Stol sharqona bozorga o‘xshaydi", - deb yozdi u vazirlarga tortiq qilingan ovqatlar suratini chop eta turib.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq