Jurnalist Hadicha Ismoilova ozod etildi

Image copyright Azadliq Radiosu RFE RL
Image caption Hadicha Ismoilova Prezident Ilhom Aliyev yaqinlarining korruptsiyaga aloqadorligi haqidagi da‘volar yuzasidan jurnalistik surishtiruv olib borgan

Ozarbayjonda "Ozodlik" radiosining Ozarbayjon xizmati muxbiri Hadicha Ismoilova ozodlikka chiqarilgan.

Avvalroq mamlakat Oliy Mahkamasi jurnalistga berilgan 7,5 yillik qamoq jazosini 3,5 yilga qisqartirgandi.

Hadicha Ismoilova Ozarbayjon hukumati, shaxsan Prezident Ilhom Aliyev yaqinlarining korruptsiyaga aloqadorligi haqidagi da‘volar yuzasidan jurnalistik tekshiruvlar olib borgan.

U 2014 yilda hiyubsga olingan va 2015 yil yanvarida Baku mahkamasi jurnalistni jinoyat kodeksining "shaxsni joniga suiqasd qilishgacha olib borish" bandi bo‘yicha aybdor deb topgandi.

Unga qarshi ko‘rsatma bergan sobiq hamkasbi keyinroq da‘vosida voz kechgan.

Xalqaro tashkilotlar Ismoilovaga nisbatan ayblovlar ortida siyosiy sabablar turganini aytishgan.

Hadicha Ismoilova qator xalqaro mukofotlar, jumladan, AQSh yozuvchilari Pen-klubining "Ijodiy erkinlik mufokoti" va Shvetsiya Milliy press-klubining "So‘z erkinligi mukofoti" bilan taqdirlangan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiringw