"Toshshahartransxizmat" bayonoti mijozlarni g‘azablantirdi

Image caption Toshkent avtobuslari bir necha marta yonib ketgan

So‘nggi bir necha yil mobaynida yoz mavsumi o‘zining judda ham issiq kunlari bilan o‘zbekistonliklar xotirasida qoldi.

Bu holat Uz24.uz yangiliklar portali nigohidan ham chetda qolmagan.

Yozning jaziramalari yaqinlasharkan, portal o‘tgan mavsumda "Toshshahartransxizmat" ma‘muriyatiga poytaxt avtobuslarini konditsionerlar bilan ta‘mirlash haqidagi so‘rovnomasiga olgan javobini eslagan.

O‘zining javob xatida "Toshshahartransxizmat" yoz mavsumida avtobuslarni konditsionerlar bilan jihozlash ishlari ko‘zda tutilmaganini va avtobuslarda darchalar va lyuklar borligini eslatgan.

Kompaniyaga ko‘ra, konditsionerlar bilan jihozlangan avtobuslarni sotib olish va ta‘mirlash uchun mablag‘ yo‘q(http://bit.ly/1WNNrXw).

Bunday javob o‘zbekistonlik internet foydalanuvchilarini g‘azablantirgan.

Foydalanuvchilardan biri shunday fikr bildiradi: "'Toshshahartransxizmat' ish xonalaridan konditsionerla olib tashlanmaguncha ular hech nimani tushunmaydi".

"Ularni o‘zlarini peshin mahal avtobuslarda sayr qildirish kerak", deb yozgan Magomed Omarov (http://bit.ly/25joO6R).

Gairat Djuraev fikriga ko‘ra, "kattakonlar" avtobuslarda yurishmaydi, shuning uchun konditsionerlar hech qachon o‘rnatilmaydi: "Avtobuslarda hech qachon konditsioner bo‘lmaydi chunki kattakonlarlarning konditsionerlik shaxsiy mashinalari bor. Jamoat transportida konditsionerlarning nima keragi bor. O‘zbeklar allaqachon jaziramaga ko‘nikib qolgan bo‘lishlari kerak edida" (http://bit.ly/1VjB58x).

"Mulozimlar o‘z cho‘ntaklarini o‘ylashganmi deyman? Mayli konditsioner o‘rnatmang, hech bo‘lmasa avtobuslar sonini ko‘paytiringlar", deb yozgan Baxtiyor Ashurbayev (http://bit.ly/1TG8ojK).

"Mablag‘ bo‘lmasa qimmat konditsionersiz "Mercedes" avtobuslarini sotib olishdan nima maqsad edi? Arzonroq oddiy avtobuslarni ham olishsa bo‘lar edi", deydi yana bir foydalanuvchi.

Foydalanuvchilardan biri esa elektr dvigatellari bilan jihozlangan avtobuslarni tavsiya qilgan.

"Qimmat "Mercedes"lardan ko‘ra ancha arzon konditsoner bilan jihozlangan elektrobuslar bor. Ta‘mirlash ishlari uchun ham ancha kam mablag‘ sarflanadi. Rossiyaning uchta hududida ishlab chiqariladi. 1 dona Merecedes o‘rniga 2 ta shunaqangi elektrobusdan sotib olsa bo‘ladi. Aytish kerakki, "Toshyo‘lovchitrans"ning bundan xabari bor, kamida bunday elektrobuslarni Samarqandda("Samarqand Avto" zavodi nazarda tutilgan) ham ishlab chiqarsa bo‘ladi" deb yozgan.

Siz bu borada qanday fikrdasiz?

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq