O‘smirlar orasida suiqasd hollari ko‘paygan

Image copyright Thinkstock

Tadqiqotga ko‘ra, imtihonlar bosimi va yuzga toshadigan husnbuzar yaralar kabi sog‘liq muammolari o‘smirlarning o‘z jonlariga qasd qilishlariga sabab bo‘layotgan eng katta omillardir.

Manchester Universiteti olimlari aniqlashlaricha, tengqurlari tomonidan chetlatilish va oilada o‘lim yuz berishi hollari ham o‘smirlar o‘z jonini olishiga sabab.

Mutaxassislar 2014 yil yanvari va 2015 yil apreli orasida Angliyada 20 yeshga yetmagan 130 kishinining suiqasdini o‘rganib chiqqanlar.

O‘tgan fevral oyida Milliy statistika markazi chop etgan raqamlar yoshlar orasida suiqasd hollari oshganini namoyon qildi.

Buyuk Britaniya bo‘ylab 2014 yilda 201 o‘smir o‘zini o‘ldirgan, bu ko‘rsatkich 2013 yilda 179 edi.

Image copyright Thinkstock

Britaniyada 35 yoshga yetmagan insonlar orasidagi o‘limning eng katta sababi suiqasddir.

Manchester Universiteti ilk bor yoshlar suiqasdi sabablariga nazar soldi.

Tadqiqot xulosasiga ko‘ra:

36% yoshlar husnbuzar yoki astma kabi kasalliklar bilan og‘riganlar.

29% imtihon bosimi ostida bo‘lishgan. Ulardan to‘rt nafari imtihon kuni yo ertasiga o‘lishgan.

28% oila a‘zosi uchun motamda bo‘lgan.

22% tengqurlari tomonidan siquvga olingan va chetlatilgan.

Tadqiqotda aytilishicha, ularning 23 foizi internetda o‘zlarini o‘ldirish yo‘llarini qidirganlar va o‘z jonlarini olish bo‘yicha fikrlarini izhor qilganlar.

"Odatda giyohvand moddalar yoki zo‘ravonlik kabi oilaviy muammolar mavjud bo‘ladi, endi esa tengqurlari siquvi va oilaviy fojea kabi omillar qo‘shilgan. Imtihonlar yoki sevgan odamidan ayrilib qolish hal qiluvchi omil bo‘lishi mumkin", - deydi bosh tadqiqotchi Luis Applbi.

Suiqasdni bartaraf qilish yo‘lida ish olib boruvchi Papirus tashkiloti rahbari Ged Flinning aytishicha, 2013 yildan beri tashkilotga murojaat qilgan o‘smirlar va ota-onalar soni to‘rt baravar oshgan. Uning aytishicha, tashkilot oladigan qo‘ng‘iroqlar, imeyllar va smslarning aksari imtihonlar bosimi haqida. "Menimcha, yoshlarga bosim oshib bormoqda. Oilasidan, o‘qituvchilardan, do‘stlaridan. Bu kabi bosimlar har doim ham bo‘lgan, biroq oxirgi vaqtda u kuchaygan ko‘rinadi", - deydi u.

Morgan Falkoner, aqlli, qiziquvchan va muloyim bola hech qanday ogohlantirishlarsiz o‘tgan may oyida o‘zini o‘ldirdi.

U o‘z do‘stlariga yaqinlashib kelayotgan imtihonlardan xavotirda ekani haqida gapirgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq