Qirg‘iz parlamenti yosh turmush qurishni taqiqlamadi

Qirg‘iziston parlamentiga voyaga yetmaganlarning turmush qurishiga sababchi bo‘lganlarni javobgarlikka tortish taklif qilindi, ammo parlament deputatlari Oila va Jinoyat kodekslariga o‘zgartirish kiritilishini yoqlamadilar.

Voyaga yetmagan qizlarni turmushga chiqarganlarni javobgarlikka tortish taklifi bilan parlamentning "Ota Makon" fraktsiyasidan Aida Salyanova chiqqan.

Salyanova xonim Qirg‘izistonning Oila Kodeksi va Jinoyat Kodeksiga o‘zgartirishlar kiritishni taklif etgan.

Deputatlar muhokamasiga taqdim qilingan o‘zgartirishda voyaga yetmagan qizning ota-onasi, voyaga yetmagan qizga uylangan shaxs va nikoh o‘qib qo‘ygan mullani javobgarlikka tortish taklif qilingan.

Turli vaziyatlarni inobatga olib qizlarni erta turmush qurishiga sababchi bo‘lgan shaxslarga 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosini ilgari surgan Salyanova xonim.

Ammo parlament muhokamasida Qirg‘iziston parlamentining 120 a‘zosidan faqat 44 nafari bu o‘zgartirishlarni yoqlab ovoz berganlar.

Ko‘pchilik ma‘qullamagani uchun qizlarni erta turmushga uzatganlar jazolanmaydigan bo‘ldi.

Qirg‘iziston qonunchiligi 18 yoshdan oila qurishga izn beradi.

Ammo inson huquqlari faollari mamlakatda voyaga yetmaganlarning oila qurishi ko‘payib borayotganidan xavotir bildirib kelishadi.

Qirg‘iziston rasmiylariga ko‘ra, mamlakatdagi ayollarning 15 foizi 18 yoshga to‘lmasdan turib turmushga chiqqanlar.

Shularning 1 foizini 15 yoshgacha erga tekkanlar tashkil etgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq