O‘zbekistonda davlatga qarashli saytlar xakerlikka uchragan

Image copyright Reuters

O‘zbekistonda davlatga qarashli bir qancha idora va tashkilot web-saytlari xakerlik hujumiga uchragani haqida xabar tarqalgan ijtimoiy tarmoqlarda.

Internet foydalanuvchilar bu xabarga kinoya bilan munosabat bildirishgan.

Ularga ko‘ra, shunday ham to‘g‘ri ishlamaydigan davlat saytlariga xakerlik hujumdan nima foyda? Bu kimga kerak ekan?

Facebook foydalanuvchisi Aziz Azizov: ertaga xakerlar qanchadir million dollar o‘g‘irlaganlari to‘g‘risida yangilik chiqadi, deb yozadi.

Baxtiyar Yuldashev: Kasperskiy labaratoriyalari ekspertlari...agar bu idoraning o‘zi FSBga ishlashini e‘tiborga olsak, balki buning orqasida Rossiya turgan bo‘lishi mumkin. Ruslar bunda Xitoy turganini ta‘kidlayotgan bo‘lsa ham. Faqat xitoyliklarga bizning saytlarga hujum nimaga kerak bo‘ldi ekan? Lekin Rossiya tomonidan bunday provakatsiyani kutsa bo‘ladi. Balki bundan maqsad O‘zbekistondagi davlat idoralariga xalqning ishonchini yo‘qotishdir, degan fikr qoldirgan.

Marat Rasulev shunday deydi: uch kulgu belgisi(smaylik) va bir yarimi tishlangan sahifa o‘g‘irlangan.

Xakerlikdan himoya bizda hamma yoqda nol darajada, deb hisoblaydi Anyuta Bukanovane.

Asat Hisamitdinov: pensionerlar jabr ko‘rmabdimi? - deb savol bergan.

Xakerlik yuz bergani to‘g‘risida xabarlardan so‘ng biroz o‘tib, UZ domenidagi web-saytlarga kiber hujum bo‘lgani rasmiylar tomonidan rad qilingan.

O‘zbekiston axborot xavfsizligi markazi davlat saytlariga xakerlik hujumini inkor etgan.

Petr Igorevich, Undan ham yaxshi, Xudoga shukr...hech narsadan shov-shuv ko‘tarishdi..., deb yozadi bundan keyin.

Xakerlik hujumi to‘g‘risida xabarga izohlarning aksariyati biroz o‘tib o‘chirilgani kuzatilgan.

Xakerlik

Xakerlik hujumlari dunyoda internet saytlariga turli sabablar bilan uyushtirilib turiladi. Jumladan, O‘zbekistonda ham Clone Security xakerlar guruhi mavjudligi, ular ba‘zi mustaqil jurnalistlar bilan yozishmalarida haqqoniylik tarafdori ekanliklarini aytishgan.

O‘zbek xakerlar guruhining bundan avval qator O‘zbek va Qirg‘iz tilidagi web sahifalarga uyushtirilgan xakerlik hujumlari ortida turgani ham xabar berilgandi.

"Clone Security"nomi ostidagi xakerlar O‘sh voqealaridan so‘ng Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi va terrorizmga qarshi markaz saytiga hujum uyushtirganlar.

Xakerlar o‘zlarining harakatlarini Qirg‘izistonda o‘zbeklarning huquqlari toptalayotganligi bilan izohlashgan.

Qirg‘izistondagi o‘zbeklar esa o‘zlarini qo‘shni O‘zbekistonga bog‘liqlikda namoyon etishmagan.

Mutaxassislar fikricha, bu qadar aniq ishora berish o‘zbek va qirg‘izni yoki rasmiy Bishkek va Toshkentni bir-biriga gij-gijlash, o‘zbeklarga qarshi kayfiyatni qaytadan kuchaytirish maqsadini ko‘zlagan bo‘lishi mumkin degan xayol uyg‘otadi.

Ayni guruh avvalroq O‘zbekistonning o‘zida davlat televideniyesi hamda bir qator hukumat saytlariga, shuningdek, Gulnora Karimovaning hozirda yopilib ketgan Fond Forum tashkiloti web saytiga hujumlar ortida turganini aytgan.

Guruhning o‘zi ko‘pchilik ekani, orqalarida hech kim turmasligi va moliyalamasligini, O‘zbekistonda informatsion xavfsizlik bo‘yicha savodxonlikni oshirish g‘oyasi asosida ish olib borishlari"ni ham bildirishgan internet xabarlarda.

O‘zbekistondagi 2014 yil parlament saylovlari oldidan O‘zLiDeP partiyasi sayti xakerlikka uchragan edi.

O‘zLiDeP bu ishni mamlakatda ijobiy o‘zgarishni ko‘rolmaydiganlar harakati, deya baholagan.

Bundan tashqari O‘zbek muxolifatining xorijdagi O‘zbekiston Xalq harakati saytiga ham bir necha marta hujum qilingan. Oldingi holatlardan farqli tarzda, sayt muharrirlari bu milliy xavfsizlik xizmati xodimlarining ishi ekanini aytganlar.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq