Chechenistonlik shikoyatchi Ramzandan kechirim so‘radi

Image copyright RIA Novosti

Rossiya Prezidenti Putinga Checheniston mulozimlaridan arz qilgan Kenxi qishlog‘ilik Ramazon Jaloliddinov Ramzan Qodirovdan uzr so‘ragani aks etgan videolavha e‘lon qilingan.

Ramazon Jaloliddinov aprel oyida Vladimir Putinga Chechenistonning Sharoy tumani hukumatidagi poraxo‘rlik holatlaridan shikoyat qilib videomurojaat yo‘llagan edi.

Uning bu safargi murojaati Maxachqal‘ada yozilib, Grozniy TV sayti orqali namoyish etilgan. Jamoliddinov Kenxidagi uyi yoqib yuborilgandan so‘ng, Dog‘istonga qarindoshlari yoniga qochib ketishga majbur bo‘lgan.

"Groznyy-TV" dagi videoda Jaloliddinov o‘zining Putinga qilgan murojaati atrofida vaziyatni murakkablashtirganlarning qurboni bo‘lganini aytadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, oldin aytilganidek, o‘ziga hech kim tahdid qilmagan va u hech kimdan yashirinib yurgani yo‘q.

Image copyright AFP

U Ramzan Qodirov va butun chechen xalqidan asossiz ayblovi uchun uzr so‘ragan. U shuningdek, "quyoshdek yashnab ketgan" Chechenistonni tiklagan Ramzan Qodirov kabi insonga nisbatan tanqididan afsusdaligini bildiradi.

O‘z o‘rnida Ramzan Qodirov Instagramdagi sahifasida Jaloliddinov qandaydir shaxslar tomonidan uyushtirilgan psixologik hujumlarning qurboni bo‘lgani va uni ona yurti Chechenistonni tark etishga ko‘ndirganlarini yozadi.

Respublika rahbari adashish insonga xosligi va Jaloliddinovga yordam berishi va quvvatlashini aytgan.

Jaloliddinov o‘z ixtiyori bilan uzr so‘raganini va hech kim bunga majburlamaganini ta‘kidlamoqda. Uning qayd etishicha, yuzaga kelgan vaziyatni hal qilishni so‘rab, diniy ulamolarga murojaat etgan. Interfaks agetligining Kenxi rasmiylariga asosan xabar berishicha, Jaloliddinov Chechenistonga qaytgan va 31 may kuni uyiga boradi.

Image copyright Getty

Ramazon Jalolddinovning aprel oyidagi videosi Qodirovga deb nomlangan bo‘lsada, unda Putinga murojaat qilinadi. Kenxilik fuqaroga ko‘ra, Sharoy tumani hukumati tabiiy ofat tufayli buzilgan uylarni tiklab berish uchun aholidan pora talab qilganlar.

Qodirov may oyida qishloqqa keladi. Fuqarolar bilan uchrashuvda barcha muammolar hal qilinishiga va‘da beradi. Bir qancha hamqishloqlari Jalolliddinov yolg‘on gapirganini aytib, uni qoralashadi.

Faollarga ko‘ra, Jaloliddinovning xotini ham bosimlar ostida erini ayblagan. Voqeadan ko‘p o‘tmay, Jaloliddinovning uyi yonib ketadi. Muxbirlarning ta‘kidlashlaricha, uyni Qodirovning odamlari yoqib yuborishgan. O‘sha paytda Ramzan Qodirov Jaloliddinovning o‘zi hukumat bosimlarini sahnalashtirish uchun uyini yoqib yuborgan, deb yozgandi.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq