BBC O‘zbek arxividan: Erkin Vohidovning BBCga tabrigi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

1994 yili BBC O‘zbek xizmatiga asos solinganida O‘zbekiston Xalq shoiri Erkin Vohidov yangi tahririyatni birinchilardan bo‘lib tabriklagan arboblardan bo‘lgandi.

BBC O‘zbek xizmatining ilk radiodasturi 1994 yil 31 oktyabr kuni efirga uzatilgan, BBC Jahon xizmati tarkibida o‘zbek tilida eshittirishlar boshlanayotgani munosabati bilan O‘zbekiston Xalq shoiri Erkin Vohidov tabriklagan edi.

O‘zbekiston Xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov 30 may kuni og‘ir xastalikdan so‘ng 80 yoshida olamdan o‘tdi.

1960 yili Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy Universiteti)ning filologiya fakultetini tahsil olgan.

Shoirning "Tong nafasi"(1961), "Qo‘shiqlarim sizga"(1962), "Yurak va aql"(1963), "Mening yulduzim"(1964), "Muhabbat"(1976), "Kelajakka maktub"(1983), "Kuy avjida uzilmasin tor"(1991), "Yaxshidir achchiq haqiqat"(1992) kabi she‘riy to‘plamlari, "Muhabbatnoma" va Sadoqatnoma" saylanmalari nashr etilgan.

Erkin Vohidov iste‘dodli dramaturg sifatida ham tanilgan, "Oltin devor" o‘zbek xalqining sevimli spektakliga aylangan.

Erkin Vohidov "Yosh gvardiya" nashriyoti, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotda yetakchi lavozimlarda ishlagan, "Yoshlik" jurnaliga asos solingan 1982 yildan 1985 yilgacha yoshlar jurnalini boshqargandi.

1980-yillar ikkinchi yarmida Gorbachyovning "qayta qurish" zamonida O‘zbek xalqining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan publitsistik chiqishlari ko‘pchilikning yodida.

O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin Erkin Vohidov Oliy Majlis qo‘mitalarini boshqardi.

Erkin Vohidov 1983 yili Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti, 1997 yili "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan.

Mamlakatda "O‘zbekiston Qahramoni" faxriy unvoni ta‘sis etilganidan keyin Erkin Vohidov mukofotlangan ilk insonlardan biri bo‘lgandi.

Erkin Vohidov deganda she‘riyat muxlislari "O‘zbegim" qasidasini tushunadilar.

BBC O‘zbek xizmati Erkin Vohidovning yaqinlariga hamdardlik izhor etadi.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq