Markaziy Osiyodagi eng uzun tunnel qurib bitkazilgan

Xitoy shirkati Qamchiq dovonidagi temir yo‘l tunneli qurilishi nihoyasiga yetkazilib sinov tariqasida poyezdlarni o‘tkazish boshlangani haqida xabar qildi.

China Railway Tunnel Group (CTG) shirkatiga ko‘ra, tunnelning uzunligi 19 kilometr 200 metrni tashkil etadi.

Tog‘dan o‘yib solingan yo‘l poytaxt Toshkentni Farg‘ona vodiysi bilan ulaydigan "Angren-Pop" loyihasining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Qurama tog‘laridan olib o‘tilgan "Angren-Pop" temir yo‘li 123 kilometrni tashkil etadi va u dengiz sathidan 2000 metr balandlikdadir.

Qamchiq dovonida yo‘l qurilishini China Railway Tunnel Group 2013 yili boshlagan edi.

Shu yil fevral oxirida ikki tomondan o‘yib kelingan tunnelni teshib o‘tishga erishilgani xabar qilingan edi.

Shirkat tunnel qurilishini rejalanganidan 3 oy oldin yakuniga yetkazganini aytmoqda.

Qamchiq orqali temir yo‘l ishga tushishi O‘zbekistonning qo‘shnilariga qaramligini kamaytiradi.

Bundan oldin Toshkentdan Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlariga qatnaydigan poyezdlar Tojikistonning Sug‘d viloyatidan o‘tardi.

Kamchiq dovoni orqali temir yo‘l loyihasi 2 milliard dollarga baholangan.

Ekspertlar nazarida loyiha O‘zbekistonga nisbatan arzonga tushgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq