So‘z Sizga: "500 ming yetganda hamma Rossiyada emas, O‘zbekistonda yurardi"

Image copyright gazeta.uz

Toshkentlik talaba qizning 500000 so‘mga necha kun yashash mumkinligini aniqlash maqsadida o‘tkazgan eksperimenti "So‘z Sizga" ruknimizning navbatdagi bahs mavzusiga turtki berdi.

BBC UZBEKning sotsial media tarmoqlaridagi sahifalarida mushtariylarimizni o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashishga chorladik.

"Odnoklassniki" ijtimoiy tarmog‘idagi Stimul shu kecha-kunduzdagi o‘zi yashab turgan joydagi narx-navo haqidagi ma‘lumot bilan o‘rtoqlashgan:

Kartoshka 700-1000 so‘m piyoz 500 karam bir donasi 500 pomidor 2500 bodring 1000 makaron 3000 - 5000 gurunch 3000- 4000 tuxum 300- 350 go‘sht 18000 - 23000 sabzi 1000 so‘m o‘simlik yog‘i 10000 grechka 7000 perlovka 3000 - 4000 tovuq go‘shti 10000 - 12000 baliq 5000 - 20000

HUMOYUN 01 0 070 0A: Ana shulardan 1 kilodan olsangiz 1 oy vitaminlarga boy yurasiz. Kuningiz maoshga qolmaganku. Aqlni nimaga, qul-oyoqni ishlatsang kam bulmiysan. Bu O'zbekistonni minimalkasi. Shuni 10 baravar bersa ham, yeb ham kaptiva minolasanmi? Nolima uzbek, hech kimdan kam emassan. Zato uzingga uzing beksan. Birovga muhtoj qilmasin. Uzr mani fikrim.

Dilizor Mahliyo ismli fodalanuvchi Stimulga shunday savol bergan:

Uzr, bu narxlar qaysi bozorda ekan? Aniqrog‘i Oloy, Yunusobod, Chilonzor, Chorsuda yo‘q. 1000 so‘m unib ketgan eski so‘ligan kartoshkami? Yoki ko‘taradagi narximi? Sholi aralashgan drablyonka lazerniki 5 ming edi-ku. Plastik bozorga o‘tmaydi va hamma transport(avtobus, marshrut)laram plastik olovurmaydi. Ishga borish uchun yo‘l haqi kamida 3500-4000 so‘m. Uzr, lekin arzon narx yozibsiz, balki naviga qarab shundaydir... 4000 pomidor 2500 dan padbor chiqindisini teplitsadan egasi dehqon sotadi.

Stimul: Man viloyatdanman. Bizda shunday narx. Man inson. Iste‘mol qiladigan narsani yozdim. Chirindisini egasini o‘zi yesin. Man olmayman, olsam iste‘mol qilishga yaroqli oziq-ovqat olaman.

Ozod Qodirov: Azizlarim, inson sifatida siz Suriyaga uxshagan notinch davlatda ham tugilib qolishingiz mumkin edi. Sizga olloh mana shunday jannatmakon yerda yashashni tuhfa qilgan ekan nolimang. Bugun qulingizdagiga qanoat qimasangiz undan kupiga hech qachon erisha olmaysiz. Keksalardan surang, kunjara yeb shishib ulib qolganlar ham bulgan. Shukr qilmasangiz 5 million ham sizga baribir kamlik qilaveradi.

Facebook foydalanuvchisi Behzod Hakimov: 2 gruppa invalidlar 135000 ovotti. Man shaxsan 2 gruppaman. Oliy ma‘lumotim bor, magistr. Institutdan keyin 6 oy maoshga xokimyatda ishladim. Keyin uylanganimdan keyin maoshim pampirsgayam yetmadi. Keyin kira qildim. Hozirda 218 ming olaman. Dori-darmongayam yetmaydi. Pensiyani 10% ga oshiradi-de, yo‘l kirani ozi 20%. Yeb-ichish, kiyim-kechak, qizingizni o‘qishi va boshqa xarajatlarni gapirsam alfavit tugab qoladi. Uyim yo‘q. Ipoteka uy berarmushde to‘lovi 3 mln 700 ming oyigamush. Kulguli-a? Bir kulaman, bir yig‘layman.

Sardor G'aybullayev: 500 ming qaydan yetadi? Yetganda hamma Rossiyadamas, O‘zbekistonda yurgan bo‘lardi. Bugun deport bo‘lishni o‘ylasam Rossiyadan ertaga Turkiyaga borib ishlashni o‘ylayman. Exxx qachongacha davom etadi?

Abdulla Usmanov: Hazilni ham qotiradi o‘zbek, lof desa qop-qop, haqiqatni u dunyodan top. Er-xotin va ikki farzand, bir oyda qancha rasxod qiladi? Normalnyy yashasa, kvartira, svet gaz suv, musor, uborka, maktabga bollar yo‘l kirasi, yengil ust-boshi va boshqalar uchun kamida 800-1 million, yaxshi yashash uchun 200$ dan ortiq ketadi.

Iroda Turgunova: 500 ming yetadi, faqat özi oilasi uchun ketqizsa. Svet gazlarni kamroq ishlatganda, qarindosh urug' qudalar bilan bordi-keldi qimasa agar! Mani qöshnim bor, iloji boricha chiroq ishlatishmaydi. Köchadan mol g'öshi olmaydi.. Quyon boqib o'shani yiyishadi. Uyini özi qöli bilan oqlab tamirlaydi. Er-xotin 2 ta bolasi bor... 500 min pul bemalol ulaga yetarkan deb özi aytgan!

Ilxom Djalmatov: O‘zbek chidayverib chidayverib doxunda bo‘lib ketgan, katta opyti bor, kerak bo‘lsa pulsiz ham yashaydi. O‘zbekistonda hech kim ochidan o‘lgani yo‘q, mandan surasangiz man aytaman,

Mavluda Ziyedbayeva: Yetadi man 5 yildan beri yashayman. Qarz to‘lab kelaman. Hech qayerdan najot yo‘q. Lekin tulayabman. Man uchun 500 pul juda katta pul. Agar shu qarzlar bo‘lmaganda man bemolol navaram bilan yetkazar edim, ortirar edim ham.

Bu mavzuda batafsilroq