Oqtobeda otishma: qurbonlar bor

Image copyright Youtube

Qozog‘istonning Oqtobe shahridagi harbiy bo‘linmaga hujum natijasida olti inson halok bo‘lgan yana 10 kishi yaralangan, deb xabar beradi Qozog‘iston IIV matbuot xizmati Bi-bi-siga.

Dastlabki ma‘lumotlarga binoan, mahalliy vaqt bilan 14.45 da Oqtobe viloyati politsiya bo‘limiga "Pallada" qurol do‘koniga hujum bo‘lgani haqida xabar beriladi.

Hujum natijasida do‘kon sotuvchisi halok bo‘lgan, bir kishi jarohat olgan. Bir soat o‘tib yana boshqa bir harbiy bo‘linmaga hujum qilingani aniqlanadi.

"Harbiy bo‘linmaga hujum orqasidan bir zobit va shartnomadagi harbiy xizmatchi halok bo‘lgan, to‘qqiz nafar askar yarador etilgan", deydi IIV matbuot kotibi Almas Sadubayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hujumchilar radikal oqim a‘zolari ekanliklari taxmin qilinmoqda. Hujumchilardan biri ushlangan, uchtasi o‘ldirilgan, bittasi yaralangan.

Image copyright Youtube

Ayni vaqtda Oqtobeda favqulodda joriy etilgan, savdo markazlari va yirik do‘konlar yopilgan, barcha ko‘ngilochar tadbirlar man qilingan, jamoat transporti harakati to‘xtatilgan.

"Bir nechta jinoyatchilarni qo‘lga olishga harakat qilinmoqda, ba‘zilari yashirinishga ulgurishgan. Ularni ushlash amaliyotlari ketmoqda", deb aytadi Sadubayev.

Politsiya odamlardan ko‘chaga chiqmaslikni so‘ramoqda. Xabar qilinishicha, shaharda internetga cheklovlar kiritilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda hujum lavhalari aks etgan o‘nlab surat va videolar paydo bo‘lgan.

  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring.