Hindiston: daniyalik ayolni zo‘rlagan 5 kishi "aybdor"

Image copyright AP

Dehli sudi ikki yil avval 52 yoshli daniyalik sayyoh ayolni guruh bo‘lib jinsiy zo‘rlashda ayblangan besh kishiga qarshi hukmni o‘qidi.

Ular o‘g‘rilikda ham aybdor deb topilganlar. Ammo, jazo 9 iyunda e‘lon qilinishi kutiladi.

Paxarganj tumanidagi mehmonxonasi yaqinida yo‘qolib qolgan ayolga hujum 2014 yil yanvarida amalga oshirilgan.

Politsiyaga ko‘ra, unga pichoqlar bilan qurollangan bir guruh erkaklar tashlanib, talaganlar va jinsiy zo‘rlaganlar.

Mazkur ish bo‘yicha yana uch kishi sudga tortilgan, ammo ularga nisbatan hukm hali chiqarilmadi.

Sayyoh ayolga uyushtirilgan hujum xalqaro matbuotda ko‘p munosabatlarga sabab bo‘lgan.

Uni zo‘rlashda ayblangan shaxslar Hindistonning yangi, qattiqqo‘lroq qonunlariga binoan sudga tortilmoqdalar.

Hind hukumati 2012 yil Dehli avtobusida talaba qizning jinsiy zo‘rlab o‘ldirilishi ortidan jinsiy zo‘ravonlik muammosiga ko‘proq e‘tibor qarata boshlagan.

Talaba qizga bo‘lgan hujum mamlakatda yirik namoyishlarga sabab bo‘lgan va hukumatni bu kabi jinoyatlar uchun belgilangan jazoni kuchaytirishga majburlagan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq