Ramazon: Zakotni kimga berish kerak?

Image copyright none

Yaqinda O‘zbekistondagi ba‘zi Internet resurslarida bir paytlar mablag‘ yetishmasligi tufayli oliy ta‘limini to‘xtatishga majbur bo‘lgan andijonlik yosh ixtirochi haqida yozildi.

Qoldirilgan sharhlarda esa, nima uchun musulmonlar beradigan zakot yosh ixtirochini qo‘llab-quvvatlash uchun safrlanmaydi qabilida savollar ham qo‘yilgandi.

Muborak Ramazon oyida Islom arkonlari va farzlarga rioya qilish masalasiga alohida e‘tibor qaratilar ekan, zakot kontseptsiyasiga nazar tashladik.

Zakot taqvodorlar tomonidan ixtiyoriy beriladimi yo-da, majburiy? Uning miqdori qanday belgilanadi va kimga beriladi?

Qirg‘iziston sobiq muftiysi, taniqli ulamo Sodiq qori Kamoliddinning BBC bilan suhbatda aytishicha, zakot musulmonlar uchun majburiy bo‘lgan amallardan biridir.

Unga ko‘ra, zakot miqdori 85 gram oltin (4 misqol)ga teng jamg‘arma sifatida ko‘riluvchi mulk va moliyadan kelib chiqib belgilanadi.

Lekin, bu mulk kundalik ehtiyojlarga sarflanadigan moliyadan tashqari, ya‘ni qo‘shimcha ravishda bo‘lishi va bir yil mobaynida jamg‘arma sifatida saqlanib turgan bo‘lishi lozim.

"Ana shu bir yil ichida ishlatilmay turgan mablag‘ning 40 dan bir qismini kambag‘al, muhtoj yaqinlar, qarindosh-urug‘lar, mo‘min-musulmonlarga berish farz hisoblanadi", dedi Sodiq qori Kamoliddin.

Ammo, 85 gramm oltinga teng, bir yil mobaynida ishlatilmagan jamg‘armaga ega bo‘lmagan insonlar uchun zakot farz hisoblanmaydi.

Bunga ilova, Qirg‘izistonlik ulamoning aytishicha, Markaziy Osiyoda ko‘p uchraydigan holat zakotni masjidlarga olib chiqib berish ham Islom talablaridan emas.

"Zakotni muhtoj bo‘lgan yaqinlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bergan afzal. Kimga berishni bilmagan taqdirdagina masjidga berish va u yerdagilar ushbu mablag‘larni yetimxonalar yoki shunga o‘xshash yerlarga yetkazishga mas‘ul bo‘ladilar", dedi Sodiq qori Kamoliddin.

Saudiya Arabistoni, Yaman kabi mamlakatlarda zakot majburiy soliq turlaridan biri sifatida ko‘rilib, davlat tizimida mavjud bo‘lgan maxsus kengashlarga to‘lanadi. Ular o‘z navbatida mazkur mablag‘larni qaysi yo‘lda safrlanishi yuzasidan qaror beradilar.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring