Klinton "muhim marra"ga yetib borilganini aytmoqda

Image copyright .

Hillari Klinton AQSh prezidentlik saylovlarida Demokratik partiyadan nomzodlik huquqini qo‘lga kiritishidek tarixiy bosqichga yetib kelishiga yordamlari uchun o‘z tarafdorlariga minnatdorchilik bildirgan.

"Biz siz tufayli ushbu muhim marraga yetishdik", deb aytgan Klinton xonim Nyu Yorkda o‘zini olqishlab turgan tarafdorlariga qarata.

"Mamlakatimiz tarixida ilk bor ayol yirik partiyadan nomzod bo‘ladi", deya qo‘shimcha qilgan u.

Avvalroq, Klinton xonim Nyu Jersidagi bellashuvlarda g‘alabani qo‘lga kiritgandi. Bu uning prezidentlikka Demokratik partiya nomzodligi uchun kurashdagi mavqeini anchayin mustahkamlagan.

Shimoliy Dakota, Nyu-Meksikoda ham uning qo‘li baland kelgan. Ammo, Montana va Shimoliy Dakotada uning raqibi Berni Sanders g‘olib chiqqan.

Seshanba kuni olti shtatda saylovlar bo‘lib o‘tgan, ammo Kaliforniyadagi bellashuv asosiy rol o‘ynaydi.

Berni Sanders Kaliforniyada g‘alabaga ko‘z tikmoqda. Biroq, dastlabki natijalar Klinton xonimning qo‘li baland kelayotganini ko‘rsatmoqda.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq