Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBCning 60 lahzalik videoyangiliklari

8 iyun kuni jahonda yuz bergan muhim voqealar sharhi.

Suriyaning shimoliy Aleppo shahrida isyonchilar nazorati ostidagi hududlarda havo hujumi natijasida kamida 10 inson halok bo‘lgan. Faollarga ko‘ra, hujumlardan biri Shaar tumanidagi kasalxona yaqinida sodir etilgan. Hujum lavhalari aks etgan videolarda ko‘chalarda yotgan jasadlar va vayron bo‘lgan binolar ko‘rinadi. Hujumga kim mas‘ul ekani hozircha noma‘lum, biroq hukumat kuchlari bu hududni o‘z nazoratiga olishga harakat qilib keladi.

BMTning tekshiruv komissiyasiga ko‘ra, Eritreada sistematik tarzda insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etib kelingan. Bu mamlakat mustaqillikka erishgan 25 yildan beri davom etib kelgan, deyiladi hisobotda. Qiynoqlar, zo‘rlash, qotillik, bedarak yo‘qolish va kaltaklashlar oddiy odamlar orasida qo‘rquv paydo qilish kampaniyasi doirasida o‘tkazib kelingan, deb ta‘kidlaydi BMT komissiyasi.

Turkiyaning Suriya bilan chegara janubi-sharqidagi Mardin viloyati Midyat shahrida portlash sodir etilgan. Hodisada ikki politsiyachi halok bo‘lgan, 20 dan ortiq inson yaralangan. Dogan axborot agentligi ma‘lum qilishicha, bomba o‘rnatilgan avtomobil shahardagi politsiya idorasi binosiga borib urilgan. Turkiya hukumati portlashda kurd isyonchilarini ayblagan. Oxirgi ikki oyda Mardin viloyatida kurd isyonchilari tomonidan bir qancha hujumlar yuz bergan.

Pokistonning Lahor shahri politsiyasi o‘rta yoshlardagi ayolni o‘zining 17 yosh qizini o‘limida gumonlab hibsga olgan. Politsiyaga ko‘ra, qizning tanasida qiynoq izlari bo‘lgan. Ziynat ismli kelinchak yaqinda turmushga chiqqan bo‘lgan. Bu Pokistonda oxirgi haftalarda yosh ayollar bilan sodir etilgan uchinchi voqeadir.

Xillari Klinton Kaliforniyada o‘tgan demokratlarning praymeriz saylovida 56 foiz ovoz olib, Berni Sanders ustidan g‘alaba qozongan. Shu tariqa Klinton xonim prezidentlikka nomzodlar orasida ilg‘orlikni yanada mustahkamlab olgan. Oldinroq Klinton xonim AQSh prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzodini qo‘yish uchun deputatlarning yetarli ovozlarini to‘plashga muvaffaq bo‘lgandi.

Moskvada Federal xavfsizlik binosi oldida norozilik yong‘in aktsiyasini o‘tkazgan radikal rus rassomi Pyotr Pavlinskiy ozodlikka chiqarilgan. Moskva mahkamasi Pavlinskiyni FSB binosi eshigini yoqib, madaniy boylikka ziyon yetkazgani uchun 500 ming rubl jarima tayinlagan.

---------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBCUZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring