Euro 2016: Mezbon Frantsiyada ishqibozlik qanaqa bo‘ladi?

Image copyright Reuters

Bu yilgi futbol bo‘yicha Ovro‘po chempionati arafasida, ustiga ustak poytaxt Parijda yuz bergan qonli hujumlar xuddi shunday savollarni paydo qilmay qo‘ymagan.

Xo‘sh, buyog‘i nima bo‘ladi?

Agar, Euro 2016 tashkilotchilariga keladigan bo‘lsak, ular IShIDning yuzdan ortiq insonning umriga zomin bo‘lgan halokatli hujumlariga qaramay, hammasi joyida bo‘ladi, degan umiddalar.

Ularga ko‘ra, dastlabki rejalaridan voz kechilmaydi: ishqibozlar Ovro‘po chempionati o‘yinlarini mazza qilib jamoatchilik joylarida ulkan ekranlar orqali tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.

Frantsiya Sport ishlari bo‘yicha vaziri Patrik Kannerning aytishicha, aynan ishqibozlik sathlari "Frantsiya xalqi va chetdan keluvchi mezbonlarga vaziyat o‘z nazoratlari ostida ekanining isboti bo‘lib xizmat qiladi".

Ammo o‘tgan yil oxirida Parijda yuz bergan bu mash‘um hodisa, hatto, futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionati mezboni Rossiyani ham xavotirga solmay qo‘ymagan.

Rossiyaning Sport ishlari bo‘yicha vaziri Vitaliy Mutko Frantsiyadagi hujumlar ortidanoq xavfsizlik masalasini FIFA nazoratchilari bilan muhokama etib olgandi.

Image copyright PA

Vazir janoblari chempionat uchun qurilish ishlari borayotgan maydonchalarda allaqachon xavfsizlik choralari kuchaytirilganini ma‘lum qilgan, futbol bo‘yicha 2017 yilgi Konfederatsiya Kubogi va 2018 yilgi jahon birinchiligi davomida ishqibozlar sathlari xavfsizlik kuchlarining diqqat-markazida bo‘lishini bayon qilgandi.

Futbol bo‘yicha bu yilgi Ovro‘po chempionati 10 kuni start va 10 iyulga qadar davom etadi.

Birinchilik o‘yinlariga Frantsiyaning o‘n shahri mezbonlik qiladi.

Ja‘mi 120000 muxlisni sig‘dirishi aytilayotgan ishqibozlar sathi esa, mashhur Eyfel minorasi ostidagi Sham dyo Mars xiyobonidan joy oladi.

Katta sondagi muxlislarning chempionat o‘yinlarini ulkan ekranlar orqali tomosha qilishlariga imkon berish uchun bu kabi ishqibozlik sathlari, odatda, shahar markaziga yaqin maydon yoki xiyobonlarda tashkil qilinadi.

Ammosi shundaki, bu kabi sathlarda xavfsizlik choralari stadionlardagisi kabi kuchli bo‘lmaydi.

Agar, raqamlarga tayanilsa, Ukraina va Polsha mezbonlik qilgan 2012 yilgi futbol bo‘yicha Ovro‘po chempionatida yetti millionga yaqin ishqiboz bu kabi sathlardan foydalangan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring