83 ming falastinlikning Isroilga kirishi to‘xtatildi

Image copyright AFP

Isroil hukumati Te-Avivda sodir bo‘lgan hujumdan so‘ng 83 ming falastinlikka Ramazon oyida mamlakatdagi muqaddas ziyoratgohlarga kirish ruxsatnomasini to‘xtatgan.

Isroil Mudofaa vazirligi COGATning ma‘lum qilishicha, qabul qilingan qarorga binoan G‘azo sektori va G‘arbiy qirg‘oqning Iordan daryosidagi falastinliklarga ham Isroildagi qarindoshlarinikiga tashrif buyurishlari, Quddusdagi diniy marosimlarga ishtirok etishlari va Tel-Aviv aeroporti orqali sayohatni amalga amalga oshirishlari mumkin emas.

Image copyright EPA
Image caption Otishma Mudofaa vazirligi binosi yaqinida ro‘y bergan

Isroil hukumat xizmatining aniqlik kiritishicha, falastinliklarning mamlakatga kirib-chiqishiga faqatgina gumanitar va tibbiy maqsadlar bo‘yicha ruxsat etiladi.

Poytaxt Tel-Aviv markazida ikki falastinlik tomonidan uyushtirilgan otishmadan bir kun o‘tib, Isroil bu choralarni kiritgan.

Oxirgi xabarlarga qaraganda, hodisada to‘rt inson halok bo‘lgan, 16 nafari tan jarohati olgan.

Otishma

Hujumchilar Tel-Avivdagi bozor yonida o‘t ochganlar. Ushbu tumanda Isroil Mudofaa vazirligi binosi joylashgan. Ikkala hujumchi ham qo‘lga olingani xabar qilingan.

Isroil politsiyasi ma‘lumotlariga ko‘ra, hujumchilar Falastinning G‘arbiy qirg‘oqqa yaqin Yatta qishlog‘idan kelishgan.

HAMAS guruhi hujumni olqishlagan, biroq mas‘uliyatni o‘z zimmasiga olmagan.

Voqea joyiga yetib kelgan Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu hodisani "shafqatsiz qotillik va terror amali" deb atagan.

COGATning bildirishicha, Isroilga kirish hujumchilardan birining 204 qarindoshiga ham taalluqlidir.

Hamisha muammoli qolayotgan Isroil- Falastin munosabatlari o‘tgan yilning kuz oylarida yanada taranglashdi.

Quddus, G‘arbiy Qirg‘oq va G‘azo bo‘lgasi bilan chegaradosh bir qancha shaharlarda falastinliklar isroilliklarga nisbatan pichoq va o‘q otar qurollar vositasida qator hujumlar sodir etganlari aytilgandi.

2014 yilda Hamas va Isroil o‘rtasida boshlangan to‘qnashuvlarda qariyb 2000 inson halok bo‘lgan, ularning aksariyati tinch falastinliklar edi.

Hamas Isroildan G‘azo qamalini to‘xtatish va qamoqdagi falastinliklarni ozod qilishni talab qiladi.

Isroil esa G‘azo bo‘lgasini qurolsizlanishini xohlaydi.

1967 yil Isroil G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusni bosib olgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq