Oqto‘be hodisalari ichki kurashdan dalolatmi?

Image copyright RIAN

Oqto‘bedagi hodisalar islomiy ekstremizmi kuchaygani haqida gapirib qolmasdan, Qozog‘iston siyosiy elitasi orasida jiddiy kurash ketayotganidan darak beradi, deb aytadi GPW xususiy agentligining Markaziy Osiyo bo‘yicha tahlilchisi Keyt Mallinson BBCga.

Chorshanba kuni Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev Oqto‘bedagi hodisalarni radikal oqimlar tomonidan sodir etilgan "terroristik amal" deb atadi. Nazarboyevning so‘zlariga ko‘ra, "ular rejani xorijdan olganlar". Qaysi radikal oqim haqida gap ketayotganini esa u ochiqlamadi.

BBC Keyt Mallinsondan Qozog‘istondagi voqealar haqida munosabatlarini so‘ragan.

Keyt Mallinson: Mening o‘ylashimcha, Oqto‘bedagi hujumchilarning Qozog‘istonda homiylari borligi ehtimolga juda yaqin. Shu yil bahor mavsumida butun mamlakat bo‘ylab tarqalgan norozilik aktsiyalar to‘g‘risida ham shunday deyish mumkin. Bu ichkisiyosiy kurash paydo bo‘lishi mumkin. Mamlakat hokimiyat bir qo‘ldan ikkinchi qo‘lga o‘tish lahzalariga tobora yaqinlashmoqda. O‘zgarishlar bo‘lishi muqarrar, undan qochib bo‘lmaydi. Bunday vaqtda turli guruhlar o‘rtasida kurashlar har doim kuchayadi. Neft narxining tushishi mavjud ziddiyatni oshirdi xolos.

BBC: Qozog‘istonda radikalizatsiya darajasini qanday baholaysiz? U yerda radikal islomiylar qanchalik ko‘p va haqiqatdan ham ulardan qandaydir bir tahdid bormi?

K.M.: Mening nazarimda, Qozog‘istonda islomiy ekstremizm miqyosi yaqqol bo‘rttirilgan. Markaziy Osiyo "Islomiy davlat" guruhi faolligini oshirishni ko‘zlagan mintaqa hisoblanmaydi. Albatta, mintaqada Yaqin Sharqdagi urush uchun odamlarni yollayotganlari to‘g‘ri. Ba‘zi hisoblarga ko‘ra, ID saflarida qariyb 400-500 Qozog‘iston fuqarolari bor. Hatto belgiyaliklar ID saflarida bundan ko‘proq. Qozog‘istonning ulkan hududini hisobga olsak, mamlakatda terroristik harakatlar faollashishi darajasi uncha katta emas. Men Oqto‘beda yaqinda ro‘y bergan hodisalar ekstremizm tarqalishidan darak beradi deb o‘ylamayman. Men bu voqelarni mamlakat ichidagi siyosiy muammolar asosida ko‘rgan bo‘lar edim.

BBC: Ya‘ni siz aytmoqchisizki, Oqto‘bedagi hodisalar ichki siyosiy kurashdan darak beradi?

K.M.: Men Oqto‘bedagi voqelarda islomiy ekstremizmni ko‘rmayapman. Ko‘p sonli videolarda va mahalliy odamlarning gap-so‘zlarida islomiy guruh a‘zolari bilan to‘qnashuv bo‘lgani haqida aniq dalil yo‘q. Mening fikrimcha, Qozog‘iston hukumati o‘zining asosiy fikrini o‘zgartiryapti. Agar boshida ular otishmani islomiylar bilan bog‘lashgan bo‘lishsa, hozir Nazarboyev tashqaridan aralashuv haqida gapirdi. Sodir bo‘lgan voqeada xorijdan buzg‘unchilarni ayblab, rangli inqiloblarni tilga oldi. Prezident balki odamlarni ichki siyosiy va iqtisodiy muammolardan chalg‘itmoqchi bo‘layotgandir. O‘ylayman, bu urinish jamiyatni ko‘rinmas xorijiy dushmanga qarshi birlashtirishdir.

BBC: Bu xorijiy investorlarni cho‘chitmaydimi?

K.M.: Men aytgan bo‘lardim, oxirgi paytlarda shunday ham Qozog‘istonga kam pul yotqizilyapti. Bu yerda sabab qilib iqtisodiy inqirozni ham, korruptsiyani va qonun ustuvorligi yo‘qligini ham keltirish mumkin.

BBC: Qozog‘iston uchun eng asosiy xavf nima hozir?

K.M.: Men aynan kelajakda hokimiyatning almashishi Qozog‘iston uchun katta xavflardan biri bo‘lishi mumkin, degan bo‘lardim. Neft narxining pastligi, iqtisoddagi yangi vaziyat bu beqarorlikni faqat oshiradi.

BBC: Rossiya tomonidan aralashish ehtimolini ko‘rasizmi?

K.M.: Oqto‘bedagi hodisalar shuni ko‘rsatadiki, qozog‘istonlik xavfsizlik xizmatlariga aynan rossiyalik hamkasblarining dastagi yetishmayapti. Boshqa tomondan, bu juda murakkab. Bunday voqealarda har doim kutilmagan holatlar bo‘ladi. Va bu yerda Rossiyaning u yoki bu darajada ishtiroki mumkinligini inkor qilib bo‘lmaydi. Lekin hozircha bunga hech bir dalil yo‘q.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq