Oqto‘beda 5 gumonlanuvchi o‘ldirilgan

Image copyright
Image caption Oqto‘beliklar qurollilar hujum qilgan do‘kon oldiga gullar olib kelishmoqda

Oqto‘be shahrida olib borilgan maxsus amaliyot davomida terrorizmda gumonlangan besh shaxs o‘ldirildi, deb xabar bergan Qozog‘iston Milliy xavfsizlik xizmati matbuot bo‘limi.

Xabarda aytilishicha, to‘rt gumonlanuvchi o‘zlari yashirinib olgan uyda taslim bo‘lishni rad qilib, o‘t ochganlaridan so‘ng, politsiya javob amali qo‘llagan va ularni otib o‘ldirgan.

To‘rt shaxsning yana bir sherigi politsiyaning patrul ekipajiga qarata o‘q uzganida o‘ldirilgan.

Image copyright RIAN

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik xizmatiga ko‘ra, ikki xodim tan jarohati olgan, tinch fuqarolar orasida qurbonlar va yaradorlar yo‘q.

Yakshanba, 6 iyun kuni Qozog‘iston g‘arbidagi Oqto‘be viloyati markazida qurol-yarog‘ do‘koni va harbiy bo‘linmaga qurolli hujum uyushtirilgan.

Hujumchilar olti kishini o‘ldirishgan, o‘nlabi yarador etilgan.

Shaharda aksilterror amaliyotlar rejimi joriy qilingan, Qozog‘iston IIV 13 terrorist o‘ldirilganini bildirgan. Bir qancha shubhali shaxslar qo‘lga olingan, yana kamida sakkiz kishiga qidiruv e‘lon qilingan. Qayd etilishicha, ularning yoshi 25 dan 32 yoshgacha bo‘lib, Qozog‘iston fuqarolaridir.

Biroq birorta ham ekstremistik guruh hodisaga mas‘uliyatni zimmasiga olib chiqmagan.

Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev Oqto‘bedagi hujumni "radikal oqim vakillari tomonidan sodir etilgan terroristik amal" deya atagan. Mamlakat rahbariga ko‘ra, ular hujum uchun rejani xorijdan olganlar. Ammo janob Nazarboyev qaysi radikal oqim haqida so‘z ketayotganini ochiqlamagan.

BBC gaplashgan ba‘zi tahlilchilar fikricha, Oqto‘bedagi voqealar islomiy terrorizm vakillari hujumidan ko‘ra, ko‘proq mamlakat ichidagi elita orasida kurash boshlanganidan darak beradi. Boisi, ularga ko‘ra, ro‘p sonli videolarda va mahalliy odamlarning gap-so‘zlarida islomiy guruh a‘zolari bilan to‘qnashuv bo‘lgani haqida aniq dalil ko‘rinmaydi.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq