Toshkent texnoparkida portlash sodir bo‘lgan

Image caption Yong‘in shu‘lasi shaharning turli chekkalarida ham ko‘ringan

Toshkentning Yakkasaroy tumanida joylashgan texnoparkda 9 iyun kuni kechki payt yong‘in va portlash sodir bo‘lgan.

Aytilishicha, yong‘in texnoparkning bo‘limlaridan birida, gaz ballonlarning portlashi oqibatida kelib chiqqan.

Guvohlarga ko‘ra, portlash bir necha bor yuz bergan va ovozi juda kuchli bo‘lgan. Yong‘in shu‘lasi shaharning turli chekkalarida ham ko‘ringan.

Yong‘in yarim kechada to‘xtatilgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma‘lumot yo‘q. Shuningdek, hodisa haqida dastlab rasman xabar berilmagan.

Biroq hodisa lavhalari aks etgan video va suratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Guvohlar voqea joyidan olingan videolarni Facebook, Telegram sahifalariga joylaganlar.

So‘ngra Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in bo‘lganini tasdiqlagan.

Toshkent To‘qimachilik kombinati o‘rnida tashkil qilingan texnoparkda 2013 yildan beri kichik va o‘rta tadbirkorlik korxonalari faoliyat yuritib keladi.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq