Euro 2016: Ispaniya 1:0 Chex Respublikasi

Image copyright Getty

Amaldagi Ovro‘po chempioni Ispaniya ham bu yilgi birinchilikni g‘alaba bilan boshladi.

Ammo chexlarga qarshi o‘yinning so‘nggi daqiqalaridagina Del Boske shogirdlari o‘yinda hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi.

90-daqiqa davomida har ikki milliy terma jamoada, ayniqsa, ispanlarda o‘yinni o‘z foydalariga hal qilishning bir emas, bir nechta qoyilmaqom imkoniyatlari bo‘ldi.

Ammo amaldagi Ovro‘po chempioni ularning bittasi istisno qolgan barchasini birdek boy berdi.

Image copyright Getty

Faqat 87-daqiqadagina chexlar darvozasini aniq nishonga ola bilgan Jerar Pike uchrashuv qahramoniga aylandi.

Bu yil Ovro‘po chempionligiga asosiy da‘vogarlar sifatida ko‘rilayotgan to‘rtta milliy terma jamoadan ikkitasi: mezbon Frantsiya, amaldagi jahon va uch karra qit‘a chempioni Olmoniya ham ilk uchrashuvlarini g‘alaba bilan yakunlashgan.

Futbol ahli orasida to‘rtinchi da‘vogar, deya qaralayotgan va FIFA reytingida jahonning ikkita eng kuchli jamoasidan bittasi bo‘lgan Belgiya esa, birozdan so‘ng Italiyaga qarshi maydonga tushadi.

Bu o‘yin esa, allaqachon Ovro‘po chempionati to‘rtinchi kunining ikkita eng qiziqarli uchrashuvidan biri sifatida e‘tirof etilmoqda.

Bugunning so‘nggi bu uchrashuvi britan vaqti bilan kech soat 20:00 da boshlanadi.

Birinchilikni web va turli ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzatib boring.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring