Qatarda golland ayoli "zino" qilgani uchun jazolandi

Image copyright AFP

Qatar mahkamasi golland ayolni nikohdan tashqari jinsiy aloqada bo‘lgani uchun jazolagan.

Ayol politsiyaga o‘zining jinsiy zo‘rlanganini aytib, shikoyat qilgandi.

Mahkama 22 yoshli ayolga shartli shartli jazo bergan va $824 miqdorida jarima solgan.

Shu bilan birga u mamlakatdan deportatsiya ham qilinadi.

Himoyachiga ko‘ra, o‘tgan mart oyi Doha mehmonxonalaridan birida ayolning ichimligiga shubhali modda qo‘shilgan va butunlay notanish xonadonda uyg‘ongan. U o‘sha yerda o‘zining jinsiy zo‘rlanganini anglagan.

Ayolga hujum qilgani gumon qilinayotgan shaxs jinsiy munosabat ikki tomon roziligi bilan yuz berganini aytgan.

Nikohdan tashqari jinsiy munosabatda bo‘lgani uchun erkakka 100 darra urish jazosi berilgan.

Spirtli ichimlik iste‘mol qilgani uchun esa, yana 40 darra qo‘shilgan.

Ayol 3 oy oldin o‘zining jinsiy zo‘rlanganini aytib, mahalliy politsiyaga arz qilishi ortidan hibsga olingandi. O‘tgan haftaning dam olish kunlari uning oilasi ishni ommaga oshkor qilishga qaror berishdi.

Qatarda nikohdan tashqari jinsiy munosabat - "zino" qilgani uchun 2004 yildan beri o‘nlab insonlar jazolangan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq