Malayziyaning Islomiy havo shirkati parvozlari to‘xtatildi

Image copyright EPA

Malayziyaning ilk islomiy aviashirkati - Rayani Air parvozlariga taqiq qo‘yilgan.

Fuqaro aviatsiya xizmatiga ko‘ra, havo shirkati guvohnomasi bekor qilinishiga uchish yo‘riqnomasiga amal qilinmagani hamda uchoqlar xavfsizlik holatiga oid xavotirlar sabab bo‘lgan.

Rayani Air o‘tgan dekabrda ish boshlagandi. Shirkat o‘z parvozlari davomida faqat halol oziq-ovqat berilishi, spirtli ichimliklar taklif qilinmasligi hamda o‘rangan, odmi libosdagi uchoq xodimalari xizmat ko‘rsatishi haqida aytgandi.

Image copyright epa

Rayani Air ixtiyorida Boeing 737-400 rusumli ikkita uchoq bo‘lgan. Ularning har birida 180 yo‘lovchi, 8 nafar uchuvchi hamda 50 ekipaj a‘zosini olib uchish imkoniyati bo‘lgan.

Fuqaro aviatsiya xizmati Rayani Air bundan keyin tijoriy havo shirkati o‘laroq xizmat ko‘rsata olmasligini bildirgan.

Image copyright AP

Bundan oldin shirkat parvoz tartib-qoidalariga muvofiq ish tutmagani aytilib, 3 oyga taqiqlangan va keyinroq, uchoqlar xavfsizlik holati taftish qilingan.

Malayziya aviatsiya komissiyasi chiqargan hisobotda Rayani Air "tijoriy havo shirkati sifatida faoliyatini davom ettirish"ga qodir emasligi, buning uchun yetarli moliya va boshqaruv imkoniyatlari yo‘qligi aytilgan.

Image copyright AP

Ayni paytda havo shirkati uchuvchilari ish tashlagan payt parvozlarni bekor qilgani yuzasidan tanqidlarga tutilgandi.

Qarorgohi Lankavi orolida joylashgan Rayani Air poytaxt Kuala Lampur va shimoliy Kota Bahru shahriga parvozlar yo‘lga qo‘ygandi.

Xabarlarda aytilishicha, shirkatning parvoz manzillarini ko‘paytirish hamda Haj va Umra ziyoratlari uchun ham xizmat ko‘rsatish rejalari bo‘lgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq