"Muhojir bolalar xatar ostida"

Image copyright AFP

Birlashgan Millatlar Tashkiloti UNICEF bolalar jamg‘armasiga ko‘ra, osoyishta hayot ilinjida Ovro‘poga bosh urayotgan bolalar bilan bog‘liq vaziyat tashvishli bosqichga yetgan.

"Har bir qadamda xatar" deb nomlangan yangi hisobotida agentlik kattalarsiz yo‘lga tushgan bolalarga duch kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar haqida gapiradi.

UNICEFning aytishicha, yo‘lboshchisi bo‘lmagan yoshlar safarlari davomida o‘g‘irlab ketilishi, kaltaklanishi va jinsiy zo‘ralanishi mumkin.

Shu bilan birga, ular fohishalikka majburlanish yo-da, hibsga tushib qolish xavfidan ham holi emaslar.

Image copyright AFP

Joriy yilning hozirgi bosqichiga qadar 7 mingdan ortiq bola Shimoliy Afrikadan Italiya tomon yo‘l solgan.

Ushbu raqam o‘tgan yilgiga qaraganda ikki baravar ko‘p.

Yaxshiroq turmush istab safar xaltasini yelkasiga ortgan 10 boladan 9 nafari yolg‘izdir.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring