O‘zbek dehqonining kosasi nega oqarmaydi?

Image copyright bbcuzbek

Shu yil aprel oyida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov o‘zining Moskvaga safari mobaynida Rossiyaga Turkiya kabi mamlakatlardan kelmay qolgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari o‘rnini O‘zbekiston qoplab berishga tayyor ekanligini aytgandi.

Shu vaqtgacha ham o‘zbekistonlik dehqonlar o‘z mahsulotlarini xorijga olib chiqishda turli muammolarga yuz tutib kelishgan, aprel oyida prezident qarori bilan "O‘zagroeksport" meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bilan shug‘ullanadigan tashqi savdo kompaniyasi ham tashkil qilindi.

O‘z meva-sabzavotini Rossiyaga olib chiqishda bu kompaniya yordamiga umid qilgan bog‘bonlarning giloslari buzila boshlagani haqidagi xabarlar ham tarqaldi..

Hozirda O‘zbekistonda ayni pishiqchilik va yetishtirilgan mahsulot uchun kengroq bozor topish masalasi yana dolzarb turar ekan, mamlakat rahbarining so‘zlaridan so‘ng vaziyat naqadar o‘zgargan?

BBC bilan suhbatda iqtisodiy tahlilchi Anvar Husainovning aytishicha, yuqori minbardan aytilgan so‘zlarga qaramay, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xorijga, jumladan Rossiya bozoriga olib chiqishda hanuz ko‘plab muammolar mavjud.

"Albatta o‘tgan yillarga qaraganda mahsulotlar eksporti ancha ko‘paygan. Rossiyadan yuk mashinalari kelib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri dehqonlardan naqd pulga mahsulotlarni sotib, olib ketayotganlarini bu yil ancha ko‘p kuzatish mumkin", dedi Anvar Husainov.

Lekin iqtisodchining aytishicha, bu jarayon hanuz zamonaviy yo‘lda tashkillshatirilmagan va o‘zbek dehqoni manfaatini ko‘zlab amalga oshirilmaydi.

"Bank sohasida dehqonlar uchun mahsus imtiyozli kreditlar yoki temir yo‘llar va havo shirkatlari tomonidan fermer bilan birga mahsulotlarni Rossiya bozorlariga yetkazish yo‘llari ishlab chiqilmagan. Shuning uchun o‘zbek dehqoni o‘z mehnatiga yarasha daromadini ololmayapti", deya xulosa qildi Anvar Husainov.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring