Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Amerika siyosiy sahnasida aytishuvlar

Orlandodagi hamjinsbozlar klubiga qilingan hujum manzarasida AQSh sahnasida siyosiy tortishuvlar avjga chiqdi.

Respublikachilar patiyasidan prezidentlikka da‘vogar Donald Tramp Prezident Obamaga "hujum" qilib qoldi.

"Men bugun Prezident Obamaning chiqishini tomosha qildim. U qurollidan ko‘ra mendan g‘azablangandi. Ko‘p odamlar shunday deyishdi", deb aytdi u.

Barak Obama esa: "O‘zini respublikachilardan Amerika prezidentligiga nomzod deb o‘ylayotgan odamning rejasi bor, Amerikaga kelayotgan barcha musulmonlarni qo‘ymaslik haqida. "Muhojirlar" degan so‘z alohida tilga olinayotgani qulog‘imizga chalinmoqda. Go‘yoki, butunboshli diniy jamoalar zo‘ravonlikka ishtirokchi deya da‘vo qilinadi. Bunda chegara bormi?"

Donald Tramp esa, Obama ayrim iboralarni tilga olmayotganini ta‘kidlaydi.

"Odamlar, bizda radikal islomiy terror muammosi bor. Bizda yo‘q, deb aytishimiz mumkin. Obamaga o‘xshab, o‘zimizda bu muammodan holidek tutishimiz mumkin..."

Obama janoblari bunga javob bergandek bo‘ldi.

"Radikal islom" kalimasida mo‘‘jiza yo‘q. Bu siyosiy masala, strategiya emas. Bu tahdidni ta‘riflashga ehtiyotkorligim sababi, siyosiy boadablikka mutlaqo aloqasi yo‘q, balki mutlaq ekstremizmning yengish bilan bog‘liq", deya ta‘kidladi AQSh Prezidenti.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring